4.Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini samarali boshqarishning asosiy yo’llari.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uni tarkibiy qayta qurish, islohotlar samarasini oshirish borasida bir qator izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar asosiy yo’nalishlari sifatida soliq tizimini shakllantirish va takomillashtirish bilan bog’iq bo’lib, bundan asosiy maqsad xo’jalik yurituvchi subyektlar va davlat budjeti o’rtasida majburiy to’lovlar bilan iqtisodiy munosabatlarga o’zaro erishishdan iborat. Bu borada soliq siyosatini erkinlashtirish ushbu sohada erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda mustaqil soliq siyosati ishlab chiqilib, uning taktika va strategiyasi aniqlangan holda izchil takomillashtirilib borilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan milliy soliq siyosatining ustuvor yo’nalishlari belgilab berildiki, uning asosiy maqsadi soliq to’lovchilar va davlat budjeti manfaatlari o’rtasida o’zaro uyg’unlikni ta’minlashga qaratilgan. Bunday uyg.unlikni ta’minlashning eng muhim vositalaridan biri soliq yukini optimal belgilash va shu tariqa davlat budjetini kerakli miqdorda moliyaviy resurslar bilan ta’minlagan holda soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq majburiyatlari ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir etmasligiga erishishdan iborat. So’nggi yillarda tadbirkorlik subyekt
larining zimmasidagi soliq yuki kamayib, uning oqibatida iqtisodiy o’sishga erishilmoqda. Bu borada Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “«Aytish kerakki, unday iqtisodiy o’sish, ko’p jihatdan, iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog’liq”6.
XULOSA
Soliq siyosatida soliq nazorati talablarini ta’minlaydigan qo‘shimcha mexanizm va instrumentlarni kiritish yo‘li bilan soliq siyosatining konsepsiyasini mukammalligini ta’minlashda soliq to’lovchilarning fikrlarini ham inobatga olish zarur, xususan:
jismoniy shaxslarga yakka tartibda tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan holda, tegishli litsenziya olish sharti bilan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini berish;
yo’lovchi va yuk tashish xizmati ko’rsatuvchi korxonalar uchun, soliq solish tizimidan qat’i nazar, har bir avtotransport uchun, o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan miqdorda minimal soliq solish miqdorini belgilash tartibini joriy qilish;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun chegaraviy aylanma miqdordan (oyiga 45.0 mln.so‘m) ortiq qismidan 4% miqdorida (qat’iy belgilangan soliq hisobiga) soliq to‘lash tartibini joriy etish;
soliqdan imtiyozlar va preferensiyalar berish orqali yuridik shaxslar faoliyatlarini yanada erkinlashtirish va ularning faoliyatlari samarasi oshishiga imkoniyat yaratish.
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlash;
tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining bazaviy yilda aniqlangan qo‘shimcha daromad manbalaridan qat’i nazar, o‘rta muddatli byudjetga (kamaytirmasdan) soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan ajratmalar normalarini biriktirish;