Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi


Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar



Yüklə 11,8 Kb.
səhifə3/3
tarix11.10.2023
ölçüsü11,8 Kb.
#154022
1   2   3
qunduzova(1)

Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar
Barcha xalqaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har qanday ayirboshlashda bo’lgani kabi valyuta bahosini yoki valyuta kursini aniqlash zaruriyati paydo bo’ladi. Shunday qilib, valyuta kursi - bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to’g’ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, bunga to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 10989.011 so’mga, 1 Rossiya rubli 192.956 so’mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to’g’ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o’rnatiladi. Masalan, 1 o’zbek so’mi 0.0912843 AQSh dollariga to’g’ri keladi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ham to’g’ri kotirovkalash qabul qilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. O’zbek so’mining kursi O’zbekiston valyuta birjasida o’rnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo’lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o’rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog’liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.
1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi.
2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Valyuta kurslarining o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz:
1.Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o’zgarishi.
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o’zgarishlar.
3. Bahodagi nisbiy o’zgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib o’tish maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga olib o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari) AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda ko’tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni qo’yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko’payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o’sganligini bildiradi.
Yüklə 11,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin