Variant 7 1 o’lchashlarning fizikaviy asoslarining mohiyati Izlanayotgan fizik kattalikning sonli qiymatini o‘lchash amalini bajarish orqali topish mumkin. Bunda ushbu kattalik miqdori shu birlikning o‘lchov biriligi sifatida qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. O‘lchash natijasida inson tekshirayotgan obyekt to‘g‘risida kattalik ko‘rinishidagi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu kattalik to‘g‘risidagi tushuncha faqatgina fizika sohasidagina ishlatilmasdan, fan va texnikaning turli sohalarida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan xususiyatlarga ega bo‘lgan tushunchadir. Ilmiy izlanish va tadqiqot, tabiatni yangi qonuniyatlarini aniqlash, mikroolam va kosmosni, okeanni va yer yaqinidagi olamni, tibbiyotda, biologiyada tadqiqot, ekologik monitoring va h.k. – bularning barchasini o‘lchashlarsiz amalga oshirib bo`lmaydi. Olamning tadqiq qilinishi, tahlil qilinishi, nazorat qilinishi va tabiat hodisasidan foydalanishi to‘liqligicha o‘lchash usullari va vositalari bilan qanchalik darajada ta’minlanganligi bilan bog‘liq. Shuningdek, har qanday texnologik jarayon, u xoh kimyo texnologik jarayoni, xoh oziq-ovqat sanoati texnologik jarayoni, xoh energetika ishlab chiqarish jarayoni, mashinasozlikdagi texnologik jarayoni va boshqa jarayonlar hammasini nazorat qilish va boshqarishni o‘lchashlarsiz amalga oshirib bo`lmaydi. Uzluksiz ishlab chiqarish – zamonaviy sanoatning asosi bo‘lib, to‘liqligicha yuqori aniqlikda o‘lchanadigan vositalardan, ularning o‘zaro almashuvchanlik prinsiplarini qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Shunga o‘xshash ko‘plab o‘lchashlarni amalga oshirish uchun insoniyat hozirda turli sohalarga mo‘ljallangan o‘lchash vositalariga ega: asboblar, o‘lchash tizimlari, axborothisoblash komplekslari va boshqalar. 11 O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki. unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan, miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi. O‘z DSt 8.010.1:2002 “О‘zbekiston Respublikasining о‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. Asosiy va umumiy atamalar” standartida “kattalikni о‘lchash” atamasiga quyidagicha izoh berilgan: Kattalikni o‘lchash - kattalik birligini saqlaydigan texnikaviy vositani qо‘llanishga oid, о‘lchanadigan kattalik bilan uning birligi о‘rtasidagi nisbatni (oshkor yoki nooshkor kо‘rinishda) topish va bu kattalik qiymatini aniqlash imkonini beruvchi operatsiyalar majmui. O‘lchashlarning tarixini o‘rganishda olimlar ularni ikkita turli toifali qarashlar, ta’riflar mavjudligini ta’kidlashgan. O‘lchashlar tor ma’noda bitta o‘lchanadigan kattalikni boshqa, birlik sifatida qabul qilingan shu turdagi qiymati ma’lum bo‘lgan kattalik bilan eksperimental solishtirishdir. Misol sifatida fizik kattalikni o‘lchash va proporsional shkalalarni qo‘llashni keltirish mumkin. O‘lchashlar keng ma’noda ob`yektlar, ularning holati yoki qandaydir qoida bo`yicha jarayonlarni va soni o‘rtasida mosligini aniqlash demakdir. O‘lchashlarni keng ma’noda nafaqat real ob`yektlar (hodisalar, jarayonlar va h.k.) to‘g‘risida bilim to‘plash, balki tekshirilayotgan hodisa va jarayonlarning qonuniyatlarini, o‘zaro bog‘liqligini va ularni tavsiflovchi malumotlarini nazariy jihatdan asoslash va nihoyat kishilik jamiyatining taraqqiyotidagi asosiy vosita deb tushunmoq kerak. O‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi nisbatni (tafovutni) topishdir. Bunda o‘lchash ob`yekti ishtirok etadi. O‘lchash ob`yekti – bir yoki bir nechta o‘lchanadigan kattaliklar bilan tavsiflanadigan jism (tizim, jarayon, hodisa va h.k.). Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak: o‘lchash, 12 o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli. O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin) (1.1-rasm). O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash ob`yekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayoni yordamida esa shu o‘lchash ob`yekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik kayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi (1.1-rasm). 1.1-rasm. Kattalikni o‘lchash jaroYoni sxemasi. O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k. Fizik kattaliklarni o‘lchash ikkiga bo‘linadi: texnik va laboratoriYa usulidagi o‘lchash. Texnik o‘lchashlar ishlab chiqarish korxonalarida bajarilib, uncha Yuqori aniqlikka ega emas, ammo texnologik jarayon uchun qoniqarli hisoblanadi va 13 korxona ish sharoiti talabalariga javob beradigan o‘lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Laboratoriya usulidagi o‘lchash amallari maxsus sharoitga ega bo‘lgan laboratoriYa xonalarida zamonaviy, aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu usuldagi o‘lchash amallari ilmiytadqiqot ishlarini bajarish jarayonida, o‘lchash vositalarini tekshirish (qiyoslash) va detallarga yuqori aniqlik bilan ishlov berish talab etilganda, dastgohlarni ishga sozlash jarayonlarida bajariladi. Quyidagi 1.2-rasmda o‘lchashlarning turlarga ajralishi tasvirlab berilgan. 1.2-rasm. O‘lchashlarning klassifikatsiyalanishi