Variant №1 Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari: Javob


Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy qarashlari



Yüklə 85,97 Kb.
səhifə12/29
tarix24.01.2023
ölçüsü85,97 Kb.
#80442
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Oraliq nazorat javoblari 2023 ijtimoiy pedagogika

Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy qarashlari.



Javob: Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-SHukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O’rta Osiyoda-Avesto va boshqa). Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi. Ijtimoiy pedagogik g’oyalar va nazariyalarning shakllanishida Sharq uyg’onishi davri olimlarining asarlari beqiyos o’ringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki avval mavjud bo’lgan o’sha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy asoslangan tizimi asosida to’planganligidadir. Yetuk olimlarning faoliyat xarakteri ilm bilan mashg’ul bo’lish ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Buyuk olim Al-Xorazmiy (783-850 y)ning asarlari yorqin didaktik xarakterga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qo’lga kiritilishini, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kiritilishini, jamiyatning faol a’zosiga aylanishini ta’kidlagan. Al-Xorazmiy-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek-kabi olimlar o’z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o’sib kelayotgan avlodga qaratish g’oyasini tushunishgan va buni tadbiq etishgan. Bu avvalambor ular ta’limning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy norma va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo’lishida deb bilganliklarida namoyon bo’lgan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y) ta’lim jarayoniga qo’llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo’naltirilishi u axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o’z ifodasini topgan.
Forobiy, ibn Sino, Beruniy ta’lim muammolari bo’yicha bir xil fikrlar bildirgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o’z aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta’lim vazifasini ajratib ko’rsatganlar. Ta’limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar:

Yüklə 85,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin