Variant № 14 2 knopka, 1RGB svetodiod oling, 1-knopka bosilganda svetodiod oq yonsin, 2-knopka bosilganda svetodiod sariq yonsin Ishni boshlashdan oldin internet brauzerdan “TincerCad.com” saytiga kirib oldim,so’ng berilgan topshiriq bo’yicha ishni bajarishni boshladim.Buning uchun avvalo ishchi oynaga Arduino Uno, ikkita knopka, ikkita rezistor hamda bitta RGB svetodiodni olib,ishchi oynaga yuklab oldim.
So’ngra esa svetodiod yonishi uchun knopka va svetodiodlarni Arduino Unoga rasmda ko’rsatilganidek ulab oldim.
Undan so’ng berilgan topshiriqqa asosan svetodiod ranglari to’g’ri yonishi uchun kod oynasiga kodlarini yozib oldim. Birinchi sharti- bitta knopka bosilganda RGB svetodid oq yonishi uchun kod oynasiga birinchi shart kodini kiritib oldim.
Keyin esa ikkinchi sharti-ikkinchi knopka bosilganda RGB svetodiod sariq yonishi uchun kod oynasidagi kodni davom ettirgan xolda ikkinchi shart kodini kiritib oldim.
Endi yozib olgan kodlarim to’g’ri yoki xato ekanligini tekshirish uchun kodlarni ishga tushirib ko’rdim, va natija to’g’ri ya’ni birinchi knopka bosilganda RGB svetodiod rasmda ko’rsatilganidek oq yondi.
Ikkinchi knopka bosilganda RGB svetodiod rasmdagidek sariq yondi.
Xulosa shuki men berilgan tajribani to’g’ri bajara oldim va o’zim uchun kerakli bo’lgan yangi ma’lumotlarga ega bo’ldim.