Variant I to`yinmagan uglevodorodlar. Alkinlar ularning tuzilishi va xossalari


Variant VI 1.Karbon kislotalar ularning tuzilishi va xossalari



Yüklə 158,83 Kb.
səhifə21/26
tarix17.10.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#156710
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Variant I

Variant VI
1.Karbon kislotalar ularning tuzilishi va xossalari. Molekulasida karboksil guruhi -COOH tutgan uglevodorodlarning hosilalariga karbon kislotalar deyiladi. Karbon kislotalar karboksil guruhining soniga va uglevodorod qoldig‘ining tabiatiga qarab, monokarbon, dikarbon va polikarbon kislotalarga, karbon kislotalarning funksional hosilalariga, uglevodorodning radikalida har xil funksional guruhlar tutgan kislotalarga va ko‘mir kislota hosilalariga bo‘linadi.Karbon kislotalarni tarixiy va sistematik nomenklaturada nomlanadi. Karbon kislotalarni sistematik nomenklaturada nomlash uchun uglevodorod nomiga kislota so‘zi qo‘shib aytiladi.
H-COOH metan kislota, chumoli kislota
CH3COOH etan kislota, sirka kislota
CH3-CH2COOH propan kislota, propion kislota
CH3(CH2)2COOH butan kislota, moy kislota
1-tajriba. Alifatik monokarbon kislotalar va ularning tuzlarining suvda eruvchanligi.Reaktivlar:sirka kislota; chumoli kislota; moy kislota, stearin kislota; oksalat kislota; sut kislota; vino kislota; NaOH ni 5% li eritmasi; distillangan suv.Jihozlar:probirkalar; gaz gorelkasi; probirka tutgich; menzurka; shisha voronka; filtr qog’oz.Tajribani bajarish: Probirkaga tekshirilayotgan kislotalardan 5 tomchi yoki 100 milligrammdan olib 1 ml suv quyib eritiladi. Agar kislotalar xona haroratida erimasa, probirkalardagi aralashma gaz gоrelkasida qizdiriladi. So’ngra probirkalar sovutilib, faqat qizdirilganda erigan kislotalar belgilab qo’yiladi. Kam eruvchan kislota cho’kmasiga ega namunali probirkalar chayqatiladi, so’ngra hosil bo’lgan suspenziyani bir qismi boshqa probirkalarga quyib olinadi va 2 tomchi NaOH ni 5% li eritmasi quyiladi. Probirkalar chayqatilganda suvda erimagan kislota kristallari ishqorni suvdagi eritmasida erib ketadi. Tajriba tugallangandan so’ng kislotalarni suvda eruvchanligi xulosa qilinadi.2-tajriba.Karbon kislotalarning kuchini taqqoslash.Reaktivlar:chumoli kislota; sirka kislota; propion kislota; moy kislota; palmitin kislota; stearin kislota; fenolning 5% li suvli eritmasi; glitserinnig 5% li suvli eritmasi; xlorid kislotaning 5%-li suvli eritmasi; kongo indikator qog’ozi(filtr qo’g’oz kongo qizil indikatorining 1% li eritmasi bilan shimdiriladi, quritiladi va bo’laklarga qirqiladi).Jihozlar:probirkalar; laboratoriya shtativi; menzurka; probirka tutgich; pipetka; shisha tayoqcha.Tajribani bajarish: Shisha tayoqchani kislota eritmasi bilan ho’llanadi va kongo qizil indikatori shimdirilgan quruq qog’ozga chiziq tortiladi. Bunda turli rangdagi va turli intensivdagi tusga ega qog’ozlar hosil bo’ladi. Kislotalar bilan solishtirish uchun gliserin, fenol va suyultirilgan xlorid kislota eritmalari tekshiriladi. Kuchsiz kislotalar ta’sirida kongo qog’ozchasi jigarrang–qora rangga kiradi, so’ngra oqaradi; kuchliroq kislotalar ta’sirida ko’k-qora; eng kuchli kislotalar ta’sirida esa barqaror ko’k rangga kiradi. Tekshirilgan kislotalar kuchini ortishiga ko’ra joylashtiriladi. Agar kislota konsentratsiyalari turlicha bo’lsa yuqoridagi qatorda o’zgarishlar ro’y beradi. 3-tajriba.Xloroformdan chumoli kislota olish.Reaktivlar: xloroform; natriy gidroksidning 10% li eritmasi.Jihozlar:probirkalar; laboratoriya shtativi; menzurka; probirka tutgich; pipetka. havo sovitgichli probka; suv hammomi.Tajribani bajarish: Probirkaga 1 ml xloroform quyib unga 5 ml natriy gidroksidning 10% li eritmasidan qo’shiladi. Probirka havo sovitgichli probka bilan berkitiladi va chayqatib turgan holda suv hammomida 4 minut davomida qizdiriladi. Bunda aralashmani qaynatish mumkin emas, chunki xloroform uchib ketadi.

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin