sonlardan iborat bo’lgan. O’quvchilar faoliyati
ularni yodlab olishdan
iborat edi.
Rossiyada geografiya fanini va uni o’qitish metodikasini rivojlanishida
M.V.Lomonosov X.Chebotarev katta xizmat qilishdi.XVIII- asrning
ikkinchi yarmida X.Chebotarev ‚Rossiya imperiyasini geografik va
metodik tavsifi‛ nomli darsligini nashrdan chiqardi. Mazkur davrda
geografiya ikkita sinfda o’qitilgan: III-sinfda umumiy geografiya, IV-
sinfda Rossiya geografiyasi o’qitilgan.
XIX- asrning boshlarida Yevropa davlatlari va Rossiyada barcha o’quv
muassalarida geografiya ta’limi joriy qilindi. 7-yillik gimnaziyalarning 3-
sinfidan VIII-sinfigacha geografiya predmeti o’rganilgan.
Geografiya
predmeti bo’yicha haftalik soatlar miqdori 14 soatni tashkil qilingan.
Mazkur davrda Ye.F. Zavyalov, K.P.Arsenov darsliklari bo’yicha geogra-
fiya predmeti o’rganilgan.
XIX- asrning ikinchi yarmida geografiya ta’limining rivojlanishida
K.D. Ushinskiy, D.D.Semenov ishlari muxim o’rin tutgan. K.D.Ushinskiy
geografiya o’qitishni bir necha tamoillarini ishlab chiqdi. D.D.Semenov
‚Uroki geografii‛ ( Geografiya darslari) nomli darslik yozgan. 19
sarning
oxirida geografiya ta’limini rivojlanishida nemis olimi Oberlenderning
metodikasi katta o’rin tutadi. U ‛Oberlender georafiya metodikasi‛ deb
nomlangan darslik yozgan. Mazkur darslikda quyidagi metodlar
ajratilgan:
-analitik-avval Yerni umuman o’rganib so’ngra uni qismlarini
o’rganish;
-sintetiya-avval alohida joylarni o’rganib so’ngra Yerni butunlay
o’rganish;
-konstruktiv-o’quvchilar karta chizish
mobaynida Yer yuzasining
asosiy shakllari bilan tanishadi;
-bog’laovchi (assotsiativ) o’rganilayotgan voqea va hodisalar o’rtasi-
dagi o’zaro aloqalarga katta e’tibor beriladi;
-guruhlashtiruvchi bir xil geografik ob’ekt, hodisa va jarayonlarni
guruhlarini qiyoslashga asoslanadi.
XX-asrning boshlarida geografiya o’qitish metodikasini rivojlanishida
D.N.Anuchin, N.Revskiy,A.Sokolev, E. Petri, Ya.Rudnev, V.Budanov,
S.Arjanov va boshqalarning ishlari katta axamiyatga ega bo’ladi. Mazkur
olimlar tomonidan Oberlender metodikasi yanada takomillashtirildi va
rivojlantirildi.
XX-asrning 20-yillaridan boshlab Rossiya va hamdo’stlik
mamla-
katlarida 9-yillik mehnat maktablari tashkil qilindi (1-bosqich I-IV sinflar,
ikkinchi bosqich VI-IX sinflar), geografiya ta’limining maqsadi va
mazmuni o’zgardi.
1921
yil D.N. Anuchin tomonidan yagona geografiya
dasturi ishlab chiqildi, bungacha har bir tuman va maktab o’zini dasturiga
ega bo’lgan. D. N. Anuchin dasturiga binoan III-sinfda o’z qishlog’i, shahri,
tumani geografiyasi; IV sinfda mamlakat
turli mintaqalarining tabiati; V
sinfda ‚Qit’alar geografiyasi ‛, VI - VII sinflarda Rossiya geografiyasi, VIII
sinfda iqtisodiy geografiya, IX sinfda astronomiya va astrologiya o’tilgan.
XX-asrning
Dostları ilə paylaş: