3.2. XX arsda O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi.
XX asrning 90 yillarigacha O’zbekiston davlati
Sobiq Ittifoq tarkibida
bo’lgan, shuning uchun geografiya ta’limining ushbu davrda rivojlanishi
ma’lum bir ma’muriy va siyosiy qoliplarda olib borilgan.
Mazkur davrda
geografiya ta’limining rivojlanishi O.Mo’minov (1986 y) tomonidan to’la va
har tomonlama o’rganilgan va quyidagicha davrlarga ajratilgan: geografiya
ta’limini
tashkil qilish davri; geografiya ta’limining tartibga solish davri;
geografiya ta’limini hayot bilan bog’lanish davri; geografiya ta’limini
takomillashuvi davri.
O’zbekistonda geografiya ta’limini tashkil etish davri (1918-1934
yil)
. Ushbu davrning boshlarida geografiya ta’limida yagona o’quv dasturi
mavjud bo’lmagan, har bir maktab, tuman va shahar o’zining o’quv
dasturini ishlab chiqar edi. Masalan, 1920 yili Toshkent eski shahar ma’orif
bo’limi tomonidan maxalliy sharoitni hisobga olgan holda birinchi bosqich
maktablari uchun geografiya fanidan o’quv dasturini nashrdan chiqardi.
Dastlabki umumdavlat o’quv dasturi geografiya predmeti bo’yicha
D.N.Anuchin raxbarligida A.A.Borzov va S.V.Chefranovlar
tomonidan
ishlab chiqildi. Mazkur o’quv dasturi asosida Turkiston xalq ma’orif
komissariyati geografiya fanidan o’quv dasturini ishlab chiqdi. 1923-1924
yillardan boshlab mehnat maktablari uchun kompleks dasturlar ishlab
chiqildi. 1925-1930 yillarda ‚O’zbekiston sho’rolar jumxuriyatining birlik
asosidagi mehnat maktablari uchun dastur‛, birinchi
va ikkinchi bosqich
maktablari uchun asg’ariy dastur, ikkinchi bosqich maktablari uchun
jug’rofiya dasturi va ‚O’zbekiston birinchi bosqich maktablarining
dasturlari‛ kabi bir necha kompleks dasturlar nashr etildi.
1934 yil 5 sentyabrda ‚Boshlang’ich va o’rta maktablar to’g’risida‛
davlat qarori chiqdi. Mazkur qaror maktab geografiyasini
rivojlanishida
katta axamiyatga ega bo’ldi. Ushbu dasturlarda o’lkashunoslikni
o’rganishga katta axamiyat berilgan. Ammo mazkur dasturlarning salbiy
tomoni bor edi. Ya’ni barcha tabiiy geografik kurslar 5-sinfdan, iqtisodiy
geografiya kurslari esa 6-7 sinflarda o’rganilar edi.
Bu esa geografiya
kurslari mazmunini juda ham qisqarishiga olib keldi.
1935 yil 25 avgustda ‚Boshlang’ich va o’rta maktablarni dasturlari va
o’quv rejalari‛ haqida yangi qaror chiqdi. Ushbu qarorda mavjud dasturlar
juda murakkab bo’lib ketganligi qattiq tanqid ostiga olindi. Natijada
dasturlardan ortiqcha materialllar olib tashlandi. Shundan so’ng geografiya
dasturlari qaytadan ishlab chiqildi. Geografiya predmetlarini soatlari
ko’paydi. Iqtisodiy geografiya kurslari 1,5 yil o’tiladigan bo’ldi.
Maktablarda o’quv ishlarini tashkil qilish bo’yicha ham ko’rsatmalar
berildi: dars o’quv mashg’ulotlarining asosiy
va muhim sharti sifatida
qaytadan tiklandi. Ushbu davrda geografiya ta’limini asosiy shartlaridan
biri bo’lgan darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish hamda kadrlar
tayyorlash milliy dasturi bo’yicha sezilarli ishlar qilindi. Mazkur davrda
nashr qilingan darslik va o’quv qo’llanmalarni O.Mo’minov (1986 y)
quyidagi qismlarga bo’ladi:
- rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan darsliklar. Bunday
darsliklarga ‚Boshlanma geografiya‛ (A.Kruber va boshqalar darsligining
tarjimasi), ‚Turkiston‛, ‚Boshlang’ich jug’rofiya saboqligi‛ (G.I.Ivanov),
‚ISHJI ning qisqacha jug’rofiyasi‛ (G.I.Ivanov) va boshqalar.
Mazkur
davrda nemis olimi A.Geykining ‚Tabiiy jug’rofiya‛ darsligi (1925);
- rus tilidan erkin tarjima qilingan darsliklar: ‚Boshlang’ich jug’rofiya‛
(G.I.Ivanov);
- O’zbekistonda nashr qilingan darsliklar: ‚O’zbekiston va unga
qo’shni jumxuriyatlar xamda viloyatlar‛ (N.Balashov, 1925), ‚Jug’rofiya‛
(N.P.Arxangelskiy, 1933), ‚O’zbekiston sotsalistik sho’rolar jo’g’rofiyasi
‛(L.Obizov, 1934);
Geografiya ta’limi soxasida ishlar juda kam bajarilgan. Faqat 1933
yilda nashr qilingan. N.I.Leonovning ‚Jug’rofiya metodikasi bo’yicha
ocherklar‛ metodik qo’llanmasi mavjud edi. Bundan tashqari mazkur
davrda ma’orif soxasida qator ilmiy jurnallar
nashr qilina boshlandi,
ularda geografiya ta’limi bo’yicha ma’lumotlar muntazam berib turilgan:
‚Maorif‛ (1918 yildan), ‚Maorif va o’qituvchi‛ (1925) jurnallari, ‚Madaniy
inqilob‛- ‚O’qituvchilar gazetasi‛ 1931 yildan nashr qilina boshlandi.
Dostları ilə paylaş: