O’zbekiston maktakblarida geografiya ta’limini takomillashuvi
.
1966 yil 10 noyabrda ‚O’rta umumiy ta’lim maktablarining ishini yanada
yaxshilash choralari to’g’risida‛ davlat qarori qabul qilindi.
Qarorga
muofiq geografiya ta’limini yaxshilash bo’yicha komissiya tuzildi. Mazkur
komissiya tavsiyasiga binoan maktab geografiya kurslari sinflar bo’yicha
quyidagicha taqsimlangan: II sinfda tabiatshunoslik kursi-35 soat; III-
sinfda tabiat shunoslik kursi-70 soat; IV-sinfda tabiatshunoslik kursi 70-
soat; V- sinf da tabiiy geografiya boshlang’ich kursi-70soat; VI- sinfda
materiklar geografiyasi -105 soat; VII-sinf SSR tabiiy geografiyasi -70 soat;
VIII-sinf SSR iqtisodiy geografiyasi-70 soat;
IX-sinfda chet mamlakatlar
iqtisodiy geografiyasi-70 soat;
O’zbekistonda geografiya o’qitish metodikasi soxasida XX-arsning
oxiri va mustaqillik yillarida yirik olimlar yetishib chiqdi.
Geografiya
o’qitish metodikasi sohasida O.Mo’minov, H.Vaxobov, R.Qurbonniyozov,
P.Musaev, P.G’ulomov, G’.Pardaev va boshqalar katta ishlarni amalga
oshirishgan.
Umumta’lim maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari
tayyorlashda
N.Dolimov,
O.Mo’minov,
P.Musaev,
P.G’ulomov,
X.Vaxobov, A.Qayumov, P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Abdulqosimov,
R.Qurbonniyozov, A.Soatov va boshqalarning xizmati katta.
Oliy o’quv yurtlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari P.Baratov,
X.Vaxobov,
M.Mamatqulov,
A.Rafikov,
G.Asanov,
M.Nabixonov,
I.Safarov, G’.Pardaev va boshqalar tomonidan yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: