turistik korxonalarning alohida turistik xizmatlar ko‘rsatish chog‘idagi ko‘rsatkichlari.
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatish natijalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:
Havo: hid (elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish va undan foydalanish, ovqat tayyorlash, turistlar va xodimlar foydalanuvchi transport).
Suv: suv ta’minoti, suv iste’mol qilish (taom tayyorlashda, nomerlarni tozalashda, saunada, turistik xizmatlar ko‘rsatish vaqtida).
Tuproq va er osti suvlari: er osti suvlarini muhofaza qilish (turistik xizmatlar ko‘rsatish, chiqindilarni utillashtirish vaqtida).
Shovqin: shovqin tarkibi va darajasi (dam olish joyida, turistik xizmatlar ko‘rsatish vaqtida).
Ekologik taftishlar amalda turistik korxonalar ekologik masalalarni qanday hal qiladilar, ularning qarorlaridan rahbariyat qay darajada manfaatdor, xodimlarning ekologik tayyorgarlik darajasi qanday, ekologik axborot qay usulda tarqatiladi va turistik korxonalar o‘z mijozlari – turistlarning manfaatlarini qay tarzda hisobga oladilar, degan savollarga javob olish imkoniyatini beradi.
Tadqiqotlar yangi ekologik ish usullarini qo‘llash (masalan, suvni quyosh nuri bilan isitish) va oz miqdordagi investitsiyalar bilan mehmonxonalar va restoranlarda elektroenergiya iste’molini 10-25 %ga, suv iste’molini esa 30 %ga qisqartirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Ekologik menejment metodikasiga muvofiq korxonalar turistik xizmatlar ko‘rsatishda ekologiya masalalarini o‘z faoliyatining barcha sohalariga kiritishlari lozim. Turistik korxonalarni boshqarish ishiga ekologik metodlar va ekologik menejmentni joriy etish turizm industriyasi uchun nisbatan yangi ish hisoblanadi. Ekologik masalalarni izchil va oqilona boshqarish zamirida ekologik menejment tizimi yotadi. Bu tizim Yevropada 1992- yil Britaniya standartlashtirish tashkiloti tomonidan tayyorlangan BS 7750 standarti talablariga muvofiq rasmiy darajada sertifikatlashtirilishi mumkin. Mazkur standartning vazifasi korxonalarning ixtiyoriy ekologik faoliyatini rag‘batlantirish, mahsulot sifatini yaxshilash, resurslardan foydalanishning samaradorlik darajasini oshirish, ekologiyaga ta’sir ko‘rsatishning
salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun eng yangi texnologiyalarni ishga solishdan iborat.
Ekologiya muammolari Xalqaro mehmonxonalar uyushmasi faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Mazkur uyushma qoshida “Mehmonxonalar xalqaro ekologik tashabbusi” jamg‘armasi tashkil etilgan. Jamg‘armaning bosh vazifasi mehmonxona xo‘jaligi bilan bog‘liq ekologik masalalarga doir axborotni yig‘ish va tarqatishdan iborat. Jamg‘arma o‘quv qo‘llanmalari va kompakt-disklar tayyorlagan, turizm industriyasi uchun ekologiya bo‘yicha o‘quv seminarlari, ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi metodlarga yillik tanlovlar o‘tkaziladi. Jamg‘armaga kiruvchi 11 yirik xalqaro mehmonxonalar zanjirlari o‘tkazilgan tadbirlar natijasida ko‘p miqdorda mablag‘larni tejashga muvaffaq bo‘ldilar. Masalan, “Interkontinental” mehmonxonalar zanjiri oxirgi 10 yil ichida 10 mln. f. st. miqdoridagi mablag‘larni tejab qoldi; “Skandik otel” nomerlarda biologik materiallardan mebel va aksessuarlar o‘rnatdi. Tabiatni muhofaza qilish standarti – ISO 14001 ekologik talablariga rioya qiluvchi mehmonxonalarga tegishli belgilar beriladi. Finlyandiya mehmonxonalar va restoranlar kengashi va atrof muhitni muhofaza qilish vazirligi “Ekologik toza mehmonxona-restoran xo‘jaligi” deb nomlangan metodik qo‘llanma nashr etdi. Unda har qanday turistik korxona oqilona boshqaruv yo‘li bilan atrof muhitga zararli ta’sirni kamaytirishi mumkinligi yoritib berilgan.
Turistik korxonaning ekologik menejment tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
oziq-ovqat mahsulotlari, inventar xarid qilish siyosatini va atrof muhitni muhofaza qilish borasida hamkorlikni.
Shvetsiya mehmonxonalar va restoranlar uyushmasi 1992 yil turistik industriya uchun “Ekologik temperatura 92” deb nomlangan tavsiyalar ishlab chiqdi.
Amaldagi davlat standartlarida mehmonxona qulay ekologik sharoitlarda joylashishi lozimligi haqidagi talab belgilangan.
Atrof muhitga ta’sirning oldini olish va ekologik menejmentdan olinadigan iqtisodiy foyda asosan mazkur faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan rang-barang potensial afzalliklar va qo‘shimcha imkoniyatlar bilan belgilanadi. Chunonchi:
korxonaning ekologik mas’uliyatga asoslangan ijobiy imijini yaratish va
mustahkamlash;
investorlar e’tiborini tortish, investitsiyalarga doir imtiyozlar olish uchun qo‘shimcha asoslar paydo bo‘lishi;
iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar;
korxonaga xalqaro tashkilotlar va jamoatchilik e’tiborini tortish; tadbirkorlarning xalqaro ekologik uyushmalariga a’zolik;
chet eldagi amaliy hamkorlar bilan munosabatlarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar;
hududiy va milliy ekologik liderlikning afzalliklari;
mahalliy hokimiyat va davlat ekologik nazorati organlari, aholi, ekologik jamoatchilik bilan munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar;
xalqaro tovar va moliya bozorlarida korxona mavqeini mustahkamlash va kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar;
korxonaning aksiyadorlik qiymatini ko‘paytirish uchun asoslar.