Xalqaro mehmonxona zanjirlari tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash
imkoniyatlari Mijozlar miqdori etarli bo‘lmagani tufayli mehmonxona xo‘jaligi tang ahvolda kun kechirardi. Yangi maskanlar ishga tushirilmasdi, ayniqsa, urush olib borilayotgan mamlakatlarda ular armiya, frontorti va boshqa maqsadlar uchun faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirgan edi. Mehmonxona biznesining keyingi rivoji faqat Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda ro‘y berdi. Aynan shu davrda turizmning miqyosi chinakamiga kengaydi: sanoati rivojlangan mamlakatlar aholisi uchun u dabdababozlikning bir ko‘rinishiga aylangan edi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ko‘ngilochar muassasalarning ommalashish davri 1950–60-yillarga to‘g‘ri keladi. Shveysariyada chiqadigan «Hotel Revue» (1958, dekabr) ixtisoslashgan jurnalida shunday deyilgan: «Mehmonxonalar yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlardek potirlab o‘smoqda».
1950-yillarda Yevropada turizm sohasi amerikalik sayyohlar hisobiga rivojlana boshladi. Chunki Yevropa mamlakatlariga tashrif buyurgan sayyohlar pul mablag‘lari aylanishini ta’minlovchi asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qilar edi. Yevropa mehmonxona xo‘jaligiga AQSHmehmonxonalarida qabul qilingan talablarning bosimi ham ayni shu hol bilan izohlanadi. Ko‘plab mehmonxonalar amerikaliklarning loyihasi asosida barpo etildi. Aynan AQSHda arxitektor G.Teybler tomonidan eng mashhur mehmonxonalar loyihasi tuzilgan.
AQSH mehmonxonalarida qo‘llanadigan xizmat ko‘rsatish texnologiyalari ham o‘rganilib, joriy etilgan edi. Ko‘pgina mamlakatlarning mehmonxona biznesiga okean orti kapitalining faol kirib borish jarayoni davom etmoqda.
Dunyo mehmonxonalari xo‘jaligi rivojlanishi va xizmat ko‘rsatishida Yevropa va Amerika Qo‘shma SHtatalari hududi alohida o‘rin tutadi. Bu mintaqalarda hususiy qarorgohu saroylar hashamatini eslatuvchi yirik zamonaviy mehmonxonalar paydo bo‘la boshladi. Magnatning shahardagi saroyini, xorijiy davlat yoki hokimiyat vakillari maskanini anglatuvchi «otel»ning fransuzcha nomi ham aynan shundan kelib chiqqan.
Shunday qilib, o‘sha kezlarda «otel» nomi «otel» sohibining nufuzli mehmonlarini kutib oladigan saroy tipidagi binolarga berilgan edi. Odatda, bunday rejadagi saroyda mehmonlar, ularning xizmatkorlari va hokazolar bo‘lib turgan.
Tez orada bu atama Amerikada ham keng tarqaldi — ko‘plab tavernalar otel sifatida qayta ish boshladi, bu esa ularga go‘yoki Yevropacha ko‘rk bag‘ishladi.
Mehmonxonalarning texnik jihozlanishi masalasiga to‘xtalsak, ko‘pgina yangiliklarning vatani Amerika Qo‘shma Shtatlaridir. Immigrantlarning uzluksiz oqib kelishi tufayli mehmonxonalarga bo‘lgan ehtiyoj bu mamlakatda hamisha juda katta bo‘lgan. Ana shu uzluksiz talab otellarning jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratib berdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida bu biznes rivojlanishining ikkinchi sababi esa, Yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq, u erda boshqa bir jamoat tadbirlarini o‘tkazish mumkin bo‘lgan zodagonlar saroylari yo‘q edi. Mehmonxonalar ana shu tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylandi. Buning uchun maxsus zal barpo etishga to‘g‘ri kelar edi. Mehmonxonalar zallarida raqs tushish an’anasi 1950-yillarga qadar davom etib keldi. Uzoq vaqtgacha mehmonxona biznesi eng ommabop tadbirkorlik turi sanaldi. AQSH prezidentlari Jorj Vashington va Avraam Linkoln ham emakxonalar sohibi bo‘lishganini aytish kifoya qiladi, albatta.
Qulfli eshigi va attorlik anjomlari (sovun-sochiq nazarda tutilyapti) bo‘lgan bir va ikki o‘rinli zamonaviy nomerlar 1829 yilda vujudga kelgan edi. Markaziy isitish sistemasiga ega bo‘lgan dastlabki otel XIX asr o‘rtalarida ishlay boshladi. Lift va vanna ham ilk bor Amerika mehmonxonalarida o‘rnatilgan. Xonalarning zamonaviy jihozlari XX asr boshlarida mashhur oteler (mehmonxonachi) Statler tomonidan
shakllantirilgan edi. Darvoqe, jahondagi ilk olti qavatli bino ham Amerika oteli hisoblanadi.
Bu vaqtda Yevropada mehmonxona ishining taraqqiyotiga shveysariyalik Sezar Rits ham salmoqli hissa qo‘shdi. Garchand Rits umr bo‘yi faqat yollanma boshqaruvchi bo‘lib ishlagan va bironta ham otelga egalik qilmagan bo‘lsa-da, eng mashhur va qimmat Yevropa mehmonxonalar tarmoqlaridan biri haligacha uning nomi bilan atalib kelmoqda. Uning dong‘i ketgan yangiliklaridan biri restorandagi orkestr edi. Rits yashagan zamonda orkestr Shtraus musiqasini ijro etardi.Restorandagi musiqa ovqatlanish jarayonini uzaytirdiva ichimliklardan keladigan daromadni oshirdi. Shveysariyalik Rits va amerikalik Statler mehmonxona biznesining ashaddiy ishqibozlari bo‘lishgan. Ular arzimasdek tuyulgan hodisalarga ham e’tibor qaratishgan. Masalan, Rits otel restoranini yoritadigan vositalar bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazgan. Bu urinishi bilan xonimlar zeb-ziynatlarini yorug‘likda
«o‘ynoqlab jilolanishi»ga erishgan (bunda maneken sifatida o‘z xotinidan foydalangan). Statler esa vannani suv bilan to‘lish vaqtini va unitazdagi suv tushib ketish vaqtini hisoblab o‘rgangan.
Statler tufayli mehmonxona nomerida katta ko‘zgu, karavot ustidagi lampochka, eshik yonidagi o‘chirib-yoqqich, telefon va kanselyariya qog‘ozlari paydo bo‘ldi. U mehmonxona xodimlari uchun yagona bichimdagi maxsus libosni joriy etdi, qurilish paytida santexnika quvurlarini umumlashtirish bahonasida xonalarni juft-juft, bir-biriga mos joylashtirishni taklif qildiki, natijada qurilish xarajatlari tejab qolindi. Statler «har doim mijoz haq» shiorining muallifi ham sanaladi.
Ritsning Londondagi «Savoy» oteli boshqaruvchisi sifatidagi faoliyati ingliz zodagonlari odatlarini o‘zgartirdi: faqat erkaklar klubiga tashrif buyuradiganlar jentelmenlarcha otellar restoranlarida xonimlar bilan kechki ovqatni tanovul qiladigan bo‘lishdi.
asr oxiri — XX asr boshlarida Yevropa va Amerikaning yirik shaharlarida sayohatni urfga aylantirayozgan yangi millionerlaru zodagonlar uchun muhtasham
(hozirgi zamon tilida «besh yulduzli») mehmonxonalar paydo bo‘la boshladi.
Shunday qilib, XIX asrda mehmonxona mijozlarining talablari orta boshladi, demak, mehmonxonalarning jihozlanish darajasi ham ko‘tarildi. O‘ziga xos ulkan mehmonxona majmuasi muhtasham restoranu kafelar bilan birga vujudga kela boshladi. Kurortlarda va sport markazlarida zamonaviy mehmonxonalar hamda pansionatlar tarmog‘i kengaydi. Mehmonxona ishi daromad keltiruvchi ishonchli faoliyat turiga aylanib bordi.
Mehmonxona ishida XIX asr keskin burilish pallasi bo‘ldi. Har bir boy sayyohning vaqtinchalik qo‘nim topishi uchun yuksak maishiy qulayliklarga ega musofirxonalar qurilishi Yevropa bo‘ylab keng tarqaldi. Davlatmand angliyaliklar va amerikaliklarning Yevropaga oqib kelishi mehmonxona xizmatlarining an’anaviy madaniyatini o‘zgartirib yubordi: mehmonxonalar tobora birxillashgan va andozalashgan tus oldi. «Ekspress», «komfort» va «dizayn» kabi inglizcha so‘zlar aynan o‘sha kezlarda muomalaga kirgan. XIX asr oxiridan boshlab Yevropada (eng avvalo Shveysariyada) yuksak komfort darajasiga ega bo‘lgan zamonaviy mehmonxonalar barpo etishga kirishildi. «Inglizcha hovli» va «Eski pochta» kabi oddiygina ataladigan an’anaviy mehmonxonalar o‘rniga jarangdor nomga ega muhtasham otellar paydo bo‘ldi: «Bristol», «Metropol», «Palas», «Savoy»,
«Ekselsior» yoki mahalliy an’analarga hech qanaqa aloqasi bo‘lmagan «Grand otel»
— «Katta mehmonxona» vujudga keldi.
1913- yilda Avstriya-Vengriya (imperiyasi)da mehmonxonalar soni 15 mingga etgan edi. Asosan uncha katta bo‘lmagan mehmonxonalardan iborat edi, ammo ularning yonida yirik otellar ham barpo etila boshladi. Bu mehmonxonalar nomer fondining umumiy hajmi 500 000 o‘ringa ega bo‘lgan, ya’ni har bir mehmonxona sig‘imi 30-35 o‘rinni tashkil etar edi. Mamlakat aholisining har 80 mingiga bitta mehmonxona o‘rni to‘g‘ri kelar edi45.
O‘sha yili Germaniyada 90 ming mehmonxona, odatda, kichik otellar bo‘lgan. Tarixiy va me’moriy yodgorliklardan etarlicha foydalangan Shveysariya va Italiya
45 Чудновский А.Д., Жукова М.А., Сенин В.С. Управление индустрией туризма. Учебное пособие. – M.: ДИТБ, 2014.- 300-321 с.
turizmning oltin sarchashmasini ishlab chiqqan edi. Dyusseldorf shahrida
“Mehmonxona ishi” institutining ochilishi muhim voqeaga aylangan.
Birinchi sinfga mansub «Tremont» oteli dastlab 1829 yil Bostonda ochilgan, u mohiyatan AQSHda mehmonxona «avji» boshlanib ketishi detanatori bo‘lgan, bu voqea avvaliga Sharqiy sohil shaharlari bo‘ylab o‘tgan, keyin esa G‘arb va Janub mintaqalariga tarqalgan edi.
asrning 20-yillar mehmonxona biznesidagi yirik yangiliklardan biri sifatida nafaqat musofirning tungi qo‘nalg‘asi, balki uning avtomobiliga ham mo‘ljallangan
«motel» paydo bo‘lishini aytib o‘tish mumkin. Motelning vujudga kelishi Amerikaning shiddat bilan avtomobillashtirilishiga bog‘liq. Biroq, faqat Ikkinchi jahon urushidan keyingina motellar Amerikada, keyinroq Yevropada keng tarqaldi.
Dastlab, 1952 yilda Kemmons Uilson «Xolidey-Inn» avtomobilchilari uchun otel barpo etgandi. Amerikaliklarning jahongashtaligi mehmonxonalarning yangicha tipini yuzaga keltirdi. Oilalar joylashuvi uchun qulay, ammo mehmonxona tomonidan havola etilayotgan xizmatlar uchun zarurat bo‘lmagan xonalarga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Xizmatlar cheklangan arzon motellarning paydo bo‘lishi eng yaxshi echimlardan biri bo‘ldi.
Amerika motellar va mehmonxonalar assotsiatsiyasi (AMMA) sifatida qayta nomlangan Amerika mehmonxonalar assotsiatsiyasiga avtoturistlar va mehmonxonalar sohiblarining a’zolikka qabul qilinishi yangi mehmonxona konsepsiyasi tan olinganini bildirdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika mehmonxona biznesida yangi tendensiyalar o‘zini ko‘rsata boshladi. Eng diqqatga sazovorlaridan biri xizmatlar xalqaro bozoriga kirib borish bo‘ldi.
Ilk bor «Interkontinental» otellarining bir qanchasi «Pan-Ameriken» kompaniyasi tomonidan qurilgan edi. Ana shu xalqaro ishga 1948 yilda Konrad Xilton ham qo‘shildi.
O‘tgan asrning oltmishinchi yillar adog‘iga qadar Amerikaning jahonga ta’siri
uncha sezilmas edi. Bu davrda faqat Amerikaning mehmonxona industriyasiga ekspansiyasi chinakamiga global ko‘lam kasb eta boshladi. 1980-yillar oxirigacha