Xorijiy investisiyalar Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari
XULOSA
Mazkur mavzuga bag'ishlangan dissertatsiya ishi bo'yicha quyidagi asosiy xulosalarga keldik:
mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni tubdan isloh qilish va uni barqarorlashtirishda, respublikada mavjud korxonalarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta'minlashda va ularni modernizatsiyalashda, jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh milliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda, mamlakat ichki bozorini sifatli tovar va xizmatlar bilan to'ldirish hamda uning eksport salohiyatini oshirishda, mamlakatda ishsizlik, pulning qadrsizlanishi darajalarini pasaytirishda, iqtisodiyotning moliyaviy mablag'larga bo'lgan talablarini qondirishda xorijiy banklarning roli va ahamiyati kattadir;
ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo'naltirilgan, texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishlab chiqarish rejalari kabilarga asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablag'lari ishtiroki nazarda tutilgan kompleks xujjatlar yig'indisiga investitsiya loyihasi deyiladi. Investitsiya loyihalari qaysi sohada ishlab chiqilmasin, uning maqsadi resurslarning cheklanganligi yoki taqchilligi sharoitida ham barcha investitsiya imkoniyatlarini qidirib topish va ulardan to'liq va samarali foydalanishning optimal variantlarini aniqlashga qaratilgan bo'ladi;
iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini ta'minlash investitsiya faoliyati yuritilishining zaruriy investitsion muhitini yaratishni va uni tobora qulaylashtirib borishni talab etadi, investitsiya loyihasining amalga oshirilish hajmi, miqdori va dinamikasiga qarab mamlakatning iqtisodiy o'sish darajasi hamda holatini baholash mumkin va o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning bajarilish holati belgilangan maqsadlarni ta'minlanishiga qanchalik mos kelayotganligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin;
xorijiy banklar yoki xorijiy davlatning banki deganda xorijiy davlatga tegishli banklar tushuniladi. Xorijiy davlatning banki xorijiy davlat hududida ro'yxatga olingan va u joylashgan hamda ro'yxatga olingan joydagi bank nazorati organi tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bankdir;