Vazirligi huzuridagi


SHAVKAT MIRZIYOYEV VA EMMANUEL MAKRON O‘ZBEKISTONNING BOY MODDIY MADANIYATIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RGAZMA BILAN TANISHDILAR



Yüklə 60,94 Kb.
səhifə5/9
tarix29.11.2022
ölçüsü60,94 Kb.
#71206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DK81546725

SHAVKAT MIRZIYOYEV VA EMMANUEL MAKRON O‘ZBEKISTONNING BOY MODDIY MADANIYATIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RGAZMA BILAN TANISHDILAR


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emannuel Makron rafiqalari bilan birgalikda Parijdagi Arab dunyosi institutiga tashrif buyurdilar.
Bugungi kunda bu yerda institut va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida
«Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari” nomli ko‘rgazma tashkil etilgan. Unda O‘zbekistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid boy moddiy madaniyati taqdim etilgan.
O‘zbekistonning 9 ta eng yirik muzeylaridan 300 dan ortiq eksponat joriy yilning 23 noyabr kunidan 2023 yil 4 iyun kuniga qadar ilk bor Fransiyada keng xalqaro jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi.
Ko‘rgazmadan Nukus, Samarqand, Buxoro va Toshkent muzeylaridan keltirilgan to‘qimachilik buyumlari, libos va poyabzallar, bosh kiyim to‘plamlari, shuningdek, Turkiston avangardi yo‘nalishiga mansub 24 ta mo‘yqalam asari o‘rin olgan. Tayyorgarlik doirasida 89 ta zargarlik buyumlari restavratsiya qilindi.
Prezidentlar uchun ko‘rgazma bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi, eksponatlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.
Hunarmand ajdodlarimizning yuksak ijodiy tafakkuri va mahoratidan dalolat beruvchi ushbu buyumlarning rang-barangligi va nafosati Fransiya tomonida hayrat uyg‘otdi.


KOSMIK TARMOQNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA VAZIFALAR BELGILANDI


Prezident Shavkat Mirziyoyev kosmik faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2019 yil 30 avgustdagi farmoniga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida «O‘zbekkosmos» agentligi tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda bu sohada me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlash, infratuzilma yaratish bo‘yicha muayyan ishlar qilindi. Lekin bugungi kunda kosmosdan foydalanish miqyosi shunchalik kengki, hali bu borada o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p.
Masalan, 2020 yilda dunyoda kosmik xizmatlar bozorining umumiy hajmi 400 milliard dollarga yaqinlashgan. Bunda asosiy o‘rinni yerni masofadan zondlash, aloqa yo‘ldoshlari, navigatsiya xizmatlari egallamoqda. Kelajakda kosmosdan foydalanish ehtiyoji yanada ortib boraveradi.
Shu bois, Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, kosmik tarmoqni rivojlantirishning 5 yillik konsepsiyasi va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Ularda yerni masofadan zondlash, telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshlari milliy guruhini yaratish, ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, aerokosmik startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadlar belgilangan.
Shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatish mo‘ljallanmoqda. Bular – kosmik suratlarni tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, davlat kosmik monitoringini amalga oshirish, bu jarayonda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash kabilardir.
Davlatimiz rahbari bu chora-tadbirlarning natijadorligi qanday bo‘lishini so‘radi.
Qayd etilganidek, bu tarmoq rivoji qishloq va suv xo‘jaligi, yer munosabatlari, ekologiya, geologiya kabi ko‘plab sohalarda qo‘l keladi. Masalan, ekinlarning turi va maydoni, yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy chiqindi joylari paydo bo‘lishini aniqlash darajasi 95 foizgacha yetadi. Suv inshootlari, yer qa’ri va foydali qazilmalar muhofazasi ham yanada kuchayadi.
Prezidentimiz bu takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni qabul qilishga ko‘rsatma berdi.



Yüklə 60,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin