mualliflik – axborotda ko‗rsatilgan muallifning aynan o‗zi bo‗lishi kafolati;
qayta tekshirish – tekshirish natijasida muallifning aynan o‗zi bo‗lishini isbotlash.
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan olib qaraganda axborot tizimlarini quyidagi kategoriyalarga ajratish mumkin:
ishonchlilik – tizim turlicha holatlar sodir bo‗lganda o‗zini qanday rejalashtirilgan bo‗lsa shunday tutishi kafolati;
tizimga kirish nazorati – har xil guruhga mansub foydalanuvchilar axborot obyektlariga kirish ruxsati turlicha bo‗lishi va bu cheklashlar har doim bajarilishi kafolati;
dastur nazorati – ixtiyoriy paytda dasturlar majmuasining ixtiyoriy komponentlari to‗laligicha tekshirilishi mumkinligi kafolati;
identifikatsiya nazorati – tizimga ayni paytda kirgan foydalanuvchining aynan o‗zi bo‗lishi kafolati;
atayin qilingan xatolarga nisbatan turg‗unligi – oldindan kelishilgan qoidalar chegarasida atayin qilingan xatolarga tizim o‗zini kelishilganidek tutishi kafolati.
Ushbu axborot xavfsizligi kategoriyalari kriptografiyaning asosiy yechilishi lozim bo‗lgan masalalaridir.