Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/3
tarix23.08.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#140277
1   2   3
Mustaqil ish rt

Attestatsiya. Tarixda birinchi marta, turli subyektlar bir-birini bilmagan va birbiriga ishonmagan holda bitim tuzishi va ishlarni yuritshi mumkin. Shaxsni tasdiqlash va ishonch o‘rnatish moliyaviy vositachining huquqi va imtiyozi bo‘lmay qo‘ydi. Boz ustiga, moliyaviy xizmatlar nuqtai-nazaridan ishonch bayonnomasi yangi ma’noga ega bo‘ladi. Blokcheyn zarur bo‘lgan paytda tranzaksiyalar tarixi (blokcheynda), nufuz qiymati (agregatsiyalangan fikrlar asosida) va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida har bir tomonning aynan o‘xshashligi va to‘lov layoqatini tasdiqlab, ishonchli munosabatlar o‘rnatishi mumkin.

Qiymat. Blokcheynda tarmoqda qiymatni pirringli P2P uzatish kliringini amalga oshiradi va ularni tartibga soladi, buni doimiy bajaradi, shunday ekan, uning registri doimo dolzarb bo‘ladi. Agar banklar o‘zining biznes-modelini o‘zgartirmagan holda bunday imkoniyatdan avvalboshdan foydalanganlarida edi, yiliga 20 mlrd dollar atrofida operatsion harajatlarni tejab qolgan bo‘lar edilar – bu hisob-kitoblar Ispaniyaning Santander bankiga tegishli bo‘lib, real raqamlar bundan ancha yuqori. Qiymatni keskin pasaytirish tufayli banklar bank xizmatlari ko‘rsatish bilan yetarli darajada qamrab olinmagan jamiyatlarda xususiy va korporativ mijozlarga moliyaviy hizmatlar, bozorlar va kapitalga ulanish uchun kengroq imkoniyatlar taqdim eta olgan bo‘lar edi. Bu nafaqat bozor yetakchilari uchun, balki butun dunyo bo‘ylab endi ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun ham foydali hisoblanar edi. Istalgan kishi istalgan joydan turib, faqat smartfonga va internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan holdagina jahon moliyaviy oqimlariga qo‘shilish imkoniga ega boladi.
Tezlik. Hozirgi paytda pul oqimini tartibga solish yetti kun, birja bitimini tartibga solish – ikki-uch kun, bank ssudasi uchun esa naqd 23 kun talab qilinadi. SWIFT tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab moliyaviy institutlar o‘rtasida kuniga o‘n besh million to‘lovni o‘tkazadi, lekin ularni tartibga solish va kliringga bir necha kun sarflaydi. Xuddi shu narsa AQSHda kuniga trillionlab dollarlik to‘lovlar o‘tkazadigan ACH (Automated Clearing House) tizimida ham ro‘y beradi. Bitkoyn tarmog‘ida bu vaqtda amalga oshirilgan barcha tranzatsiyalarni tartibga solish va kliringga o‘rtacha 10 daqiqa vaqt ketadi. Boshqa blokcheynlar yanada tezroq bo‘lib, Bitcoin Lightning Network kabi zamonaviy novatorlik yechimlari tartibga solish va kliring vaqtini soniyaning ulushiga teng bo‘lgan vaqtgacha qisqartirib, bitkoin blokcheyni hajmini oshirishga intiladi. «Pul jo‘natuvchi bir tarmoqda, oluvchi esa boshqa tarmoqda bo‘ladigan bank tizimida pul ko‘plab registrlar, vositachilar, tranzit maydonlar orqali o‘tib, tom ma’noda yo‘lda yo‘qolib qolishi mumkin. Aslida ham, qiymatni uzatishning bir onda ro‘y beradigan va xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan turiga o‘tish uzoq vaqt davomida oraliq holatda turib qoladigan kapitalni ozod qiladi. Bu esa «yo‘ldagi» pul mablag‘laridan foyda oladigan vositachilarni xursand qilmaydi, albatta.
Risklarni boshqarish. Blokcheyn texnologiyasi bir necha xil moliyaviy risk turlarini bartaraf qilishga va’da beradi. Birinchidan, tartibga solish riski – to‘lovning bitimni tartibga solish jarayonida bironta xato natijasida o‘tmaslik riski. Ikkinchidan, kontragentlik riski– ikkinchi tomon bitimni tartibga solish ro‘y bermagunga qadar
defolt e’lon qilish riski. Nihoyat, eng jiddiy tizimli risk, tizimdagi barcha yirik kontragentlik risklari yig‘indisi.
Qiymat innovatsiyasi. Bitkoyn blokcheyni bitkoyinlar uzatish uchun yaratilgan, boshqa moliyaviy aktivlar bilan ishlash uchun emas. Biroq bu ochiq boshlang‘ich kodli, tajribalarni rag‘batlantiradigan texnologiyadir. Ayrim novatorlar bitkoyin to‘lovlari uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida blokcheynlar, ya’ni altkoynlar yaratadi. Saydcheynlar – imkoniyatlari va funksiyalari bo‘yicha bitkoyn blokcheynidan farq qiladigan, lekin uning xavfsizligini pasaytirmagan holda bitkoyn kompyuter infratuzilmasi va rivojlangan tarmog‘idan foydalanadigan blokcheynlardir. Saydcheynlar blokcheyn bilan ikki kanalli shtift – aktivlarni uchinchi tomon ishtirokisiz blokcheynga va blokcheyndan berish kriptografik vositasi yordamida aloqa qiladi. Xususiy blokcheynlarda savdo platformalari yaratib, umuman bitkoyin va boshqa tokenlardan foydalanishni istisno qilishga intiladigan novatorlar ham bor. Moliyaviy institutlar aktivlar va majburiyatlarni yozish, almashinish va sotish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqda, vaqt o‘tishi bilan esa an’anaviy birjalar va markazlashtirilgan bozorlarni u bilan almashtirishi mumkin, bu esa bizning qiymat haqidagi va u bilan savdo mexanizmlari haqidani tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin.



Ochiq boshlang‘ich kod. Moliyaviy xizmatlar tarmog‘i bu – eskirib qolgan tizimlar ulkan texnologik to‘plami bo‘lib, istalgan payt qulashi mumkin. Uni texnologik jihatdan takomillashtirish qiyin, chunki har bir innovatsiya uchun qaytuvchan bo‘la olishlik talab qilinadi. Blokcheyn esa, ochiq boshlang‘ich kodli tizim bo‘lgani holda, doimiy ravishda o‘zgarishi, rivojlanishi va tarmoq murosasi asosida takomillashishi mumkin. Bu afzalliklar – attestatsiya, ancha past qiymat, bir lahzali tezlik, risklarning pasayishi, katta innovatsiya, moslashuv qobiliyati – istiqbolda nafaqat to‘lovlarni, balki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni, investitsion bank hizmatlari ko‘rsatishni, buxgalteriya hisobi va auditni, venchurli investitsiyalarni, sug‘urtalashni, tadbirkorlik risklarini boshqarishni, xususiy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va tarmoqning boshqa asoslarini o‘zgartirishi mumkin. Odamlar o‘z ma’lumotlarini o’zlari nazorat qilishlari kerak. Har bir kishi o‘z shaxsiyati haqida nimani, qachon, qaerda va qanchalik batafsil gapirib berish haqida o‘zi qaror qabul qilishga haqlidir. Shaxsiy ma’lumotlarning dahlsizlik huquqini hurmat qilish va shaxsiy ma’lumotllarning xavfsizligini himoya qilish – ikkalasi bir xil narsa emas. Bizga unisi ham, bunisi ham kerak. Bir-biriga ishonish zaruratini bartaraf qilib, Satosi Nakomoto shu tariqa u bilano‘zaro aloqa qilish uchun ikkinchi tomon shaxsini yaxshi bilish zaruratini yo‘qqa chiqardi. Xususiy hayot daxlsizligi – insonning asosiy huquqi va erkin jamiyatning negizidir. Internet paydo bo‘lgandan keyingi oxirgi yigirma yil davomida davlat miqyosida ham, xususiy sektorda ham ma’lumotlar markaziy to‘plamlari xususiy shaxslar va tashkilotlar haqida, jumladan, ularga ma’lum qilmagan holda, xilma-xil maxfiy axborotlar to‘plagan. Hamma joyda odamlar korporatsiyalar axborot izlash asnosida butun raqamli dunyoni titib tashlagan holda qandaydir kiberklonlar yaratishidan havfsiraydi. Blokcheynda esa qatnashchilar istagan holda ma’lum darajagacha noma’lumlikni saqlashi mumkin – ular qandaydir qo‘shimcha ma’lumotlar xabar qilish yoki bu axborotlarni ma’lumotlar markaziy to‘plamida saqlashga majbur emas. Bu holatning muhimligiga noto‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Blokcheynda shaxsiy ma’lumotlar ombori yo‘q. Blokcheyn protokollarihar bir muayyan tranzaksiya yoki vaziyat uchun kerakli bo’lgan noma’lumlik darajasini tanlashga imkon beradi. Shu tariqa biz o‘zimizning elektron nusxalarimizni va ularning dunyo bilan o‘zaro aloqalarini yaxshiroq boshqaramiz.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin