Tarmoq pog‗onasining ma‘lumotlarini paketlar deb atash qabul qilingan.
Tarmoq pog‗onasida 2 xil protokol ishlaydi.
Tarmoqprotokollari – tarmoq orqali paketlarni xarakatini yo‗lga qo‗yadi;
Marshrutlashprotokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog‗lanishlar topologiyasi to‗g‗risida axborot to‗playdi.
Tarmoq pog‗onasi vazifalariga quyidagilar kiradi:
murakkab tarmoqlarning qurilmalari o‗rtasidagi paketlar uzatilishi;
kanal pog‗onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqyosida).
Uchinchi pog‗onada bajariladigan tarmoq protokoli ma‘lumot paketlari marshrutini tanlashda qo‗llaniladi
1980-yillarning birinchi yarmida yaratilgan va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot uzatish modelining protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‗rt
pog‗onali tuzilishga ega bo‗lib, har bir pog‗onada o‗zining protokollari mavjuddir. Bu protokol orqali manzillashdan nafaqat internet tarmog‗i elementlarini manzillashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga yagona manzillar berish mumkin. Manzillash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi. Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam bo‗lgan va ularni manzillashda muammo bo‗lmagan, ammo shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalarining sonini keskin ortishi manzillashda muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining to‗rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari mavjud bo‗lib, ular turli xususiyatlarga ko‗ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan manzillar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‗i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari ham ko‗payib bormoqda. Internet buyumlari, ya‘ni masofadan boshqaruv tizimlari,
―aqlli uy‖ kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta‘minlash uchun IPv6ni qo‗llashdan boshqa iloj qolmadi. ―Xalqaro simsiz tadqiqot‖ forumi a‘zolarining baholashicha 2017-2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi va bir foydalanuvchiga to‗g‗ri keladigan o‗rtacha miqdorda Internet buyumlarining soni 3000-5000 tani tashkil qilar ekan [1]. Hozirda IPv4 manzillari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‗llash ustida global miqyosda ish boshlangan.