1.
Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning moxiyatini o‘rganish.
2.
SHaxsni xar tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3.
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan xolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
4.
Ta’lim muassasalari xamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
5.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar xamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
7.
Ta’lim-tarbiya birligi xamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini O‘rganish.
8.
O‘qitish xamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9.
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota- onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, xar bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu xolat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Fanning moxiyatini ochibberuvchi eng muxim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
SHaxs – psixologik jixatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib
turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq- atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –O‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq xaqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, xosil qilingan ko‘nikma va malakalar xamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar moxiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya moxiyatini ilmiy jixatdan asoslash ma’lum pedagogik xodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik xodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning
umumiy moxiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash xamda ta’limotlarning falsafiy jixatlari kabi masalalarni taxlil etishga imkon beradi.
Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlash kabi masalalarning iqtisodiy jixatlarini anglashga xizmat qiladi.
Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bO‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muxim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda aloxida o‘rin tutadi.
Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning xis etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muxim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Fiziologiya- o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muxofazalash, ularning jinsiy jixatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruxiy-intellektual, xissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari xaqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jixatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni O‘qitish xamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.
Pedagogika fanlari tizimi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy xamda jismoniy jixatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, xar bir davrning o‘ziga xos jixatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik xolatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir: