Yoqtirmaslik xatosi. Biror ta’lim oluvchini yoqtirmaslik yoki unga nisbatan salbiy fikrda bo‘lishi tufayli ta’lim beruvchi ta’lim oluvchiga yomon baho qo‘yadi. Bu xato «Hayrixohlik xatosi»ning aksidir.
Baholash topshiriqlarini va ularga javoblarni imkoni boricha yozma ravishda o‘tkazish va rasmiylashtirish.
Baholashda uchraydigan xatolarning oldini olish uchun rioya qi-linishi maqsadga muvofiq bo‘lgan qoidalar:
Baholashdan oldin ta’lim oluvchilar bilan talabalar birgalikda va baho mezonlarini muhokama qilib olishlari lozim.
Baho mezonlarga muvofiq qo‘yilgach, u ta’lim oluvchilarga ma’-lum qilinishi lozim.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi bilan birgalikda olingan ba-holarning natijalarini va yo‘l qo‘yilgan xatolarni muhokama qilishlari hamda ularning sabablarini aniqlashlari lozim. Ular xatolarning takrorlanmasligi chora-tadbirlarini belgilab olishlari lozim.