II-BOB. UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABLARIDA – TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH YO’LLARI
2.1. Ta'lim sifatini boshqarishda interfaol metodlar va ulardan foydalanish
1. Pedagogik o‘lchovlar fani va uning asosiy tushunchalari
Ta’lim jarayoni uch asosiy komponentdan (tarkibiy qismdan) tashkil topadi:
ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari (curriculum);
o‘qitish metodikasi va o‘quv materiallari (pedagogy);
baholash usullari (assessment).
O`quv dasturlari va rejalari ta’lim maqsadlarini belgilaydi (nimani o‘qitamiz? ya’ni “nimani o‘qitamiz?”- degan mazmundagi savolga javob bo‘ladi), shu maqsadlarga mos ravish, baholashda o‘qitish metodikasi va o‘quv materiallari tanlanadi (qanday o‘qitamiz? ya’ni “qanday o‘qitamiz?” – degan mazmundagi savolga javob bo‘ladi). Baholash usullari esa ta’lim tizimi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga qay darajada erishganligi haqida ma’lumot beradi.
Agar bu uch komponent bir-biriga uyg‘un holda ishlasa, ya’ni ta’lim maqsadlari aniq bo‘lsa, shu maqsadlarga mos o‘qitish usullari va materiallar tanlansa, baholash tizimi aynan ta’lim tizimi ishtirokchilari shu maqsadlarga qay darajada erishganliklarini aniqlab bera olsa, ta’lim tizimi samarali ishlayotgan bo‘ladi va sifatni ta’minlab bera oladi.
O‘quv dasturlari va rejalari: nimani o‘qitamiz?
|
O‘qitish metodikasi va o‘quv materiallari: qanday o‘qitamiz?
|
|
Baholash usullari: maqsadga erishganimizni qanday bilamiz?
|
Dostları ilə paylaş: |