Microsoft Access Ma’lumotalar Bazasini Boshqarish Tizimlari (MBBT) relyatsion ma’lumotar bazasini boshqaruvchi tizim sanalib, ingilizcha “local” ma’lumotlar bazasini yaratish uchun barcha instrumental vositalar hamda foydalanuvchi dastur tuzish imkoniyatlari mavjud.
Microsoft Access MBBT o‘z ichiga turli ob’yektlarni yaratish uchun avtonom vositalarga ega:
Grafik konstrucciyalar vositasi ma’lumotlar bazasi ob’ektlarini grafik elementlar yordamida qurish imkoniyatiga ega;
Dialog vosita ma’lumotlar bazasini qayta qurish va tashkillashtirish uchun turli vazifalarni bajaruvchi masterlar yordam beradi;
MBBT ning dasturlash vasitasi uz ichiga SQL, makrokomandalar tili va VBA uchun OMD ni olgan.
Ma’lumotlar bazasi – ma’lum sohaga oid o’zaro boglangan ma’lumotlar yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasi.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi – ikki o’lchamli jadvallarning mohiyat- munosabat mehanizmi orqali bog’lanishidir. Relyatsion ma’lumotlar bazasining logik aloqasi o’zaro logik bog’langan jadvallar majmuini tashkil etadi.
Ma’lumotlarning relyatsion modeli normallashtirish orqali yaratiladi. Normallashtirish jarayoni qayta takrorlanuvchi ma’lumotlarni yangi jadvalga kuchirishdan iborat hodisadir. Relyatsion jadval structurasi maydon bilan belgilanadi. Maydonga ma’lumot turi va hajmi kabi hossalar kiritiladi. Maydon tarkibi jadval ustunlarida keltiriladi.
Har bir qator ma’lumotning bitta ekzemplyari bo’lib, yozuv deb nomlanadi. Har bir yozuvni identifikatsiyasi uchun unikal birlamchi kalit qullaniladi. Kalit bir yoki bir nechta maydondan iborat bo’lishi mumkin. Ikki jadvalni bog’lash uchun tashqi kalitdan foydalaniladi. Bunda birga-bir (1:1), birga-kup (1:N) va kupga-kup (M:N) munosabatlar urnatilishi mumkin.
Ma’lumot sxemasi:
Ma’lumot sxemasi ma’lumotlar bazasinig mantiqiy strukturasini yaqqol namoyish etadi hamda udagi mavjud vositalar orqali ma’lumotlarni qayta ishlashni amalgam oshiradi.
Shunday imkoniyatlardan biri bog’liqlik birligi bo’lib, uning yordamida bog’liq jadvalda ham asosiy jadvaldagi uzgarishlarni uchirish, qushish, uzgartirish amalgam oshirish mumkin.
Ma’lumot sxemasida har qanday bir hil tipli maydonlari mavjud jadvallarni birlashtirish mumkin.