Vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti O’bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 13,92 Kb.
səhifə3/3
tarix01.10.2023
ölçüsü13,92 Kb.
#151412
1   2   3
Vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti-www.hozir.org

«Shohnoma» da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalar
tarixi haqida so‘z yuritilgan. Undagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, 
olimlar, san’atkorlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni



quyidagicha


tasniflash 
mumkin:
a) mifologik obrazlar: Qayumars, Hushang Tahmuras, Jamshid va boshq. 
b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va boshq.
v) tarixiy personajlar: Iskandar, Bahrom Go‘r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz 
va
boshq.

Firdavsiyning «Shohnoma» dostonlari syujeti asosida «Zahhoki moron» (G’ozi 


Yunus), «Siyovush» singari sahna asarlari yaratildi. Shoirning bu asari ilk bor 1682
yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 
Oradan bir qancha vaqt o‘ggach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma» ning
o‘zbekcha nasriy variantini yaratgan. XX asrning 70-yillarida III. Shomuhamedov, J. 
Jabborov, Nazarmat kabi o‘zbek shoirlari tomonidan she’riy yo‘l bilan tarjima
qilingan. 

«Rustam va Suxrob» dostoni haqida

- Bu asar «Shohnoma» dagi eng


qayg‘uli dostonlardan biridir. Unda Rustam o‘zining mashhur oti Raxsh bilan ovga 
chiqib Turon o‘lkasiga borib qoladi. U charchab dam oladi, ovlangan qulonni pishirib
yeydi, so‘ng uxlab qoladi. U yerdan o‘tayotgan turonlik sipohiylar Raxshni o‘g‘irlab 
ketishadi. Ko‘zini ochgan Rustam otini topolmay piyoda yo‘lga tushadi va Samangan
shahriga borib qoladi. Samangan shohi uni izzat-ikrom bilan kutib oladi va ziyofat 
boshlaydi. Bu orada shohning qizi Taxmina Rustamni yaxshi ko‘rib qoladi. Rustam
ham unga ko‘ngil qo‘yadi va uylanadi. Oradan bir oz o‘tib Rustam o‘z yurti - 
Seyistonga otlanadi. Bu paytda uning oti Raxsh qaytarib berilgan edi. Ketar chog‘ida u
Taxminaga bir gavhar berib, uni tug‘ilajak farzandiga, agar qiz bo‘lsa sochiga, o‘g‘il 
bo‘lsa qo‘liga taqib qo‘yishni aytadi. Rustam yurtiga qaytadi. To‘qqiz oydan so‘ng
Taxminaning ko‘zi yorib, o‘g‘il tug‘iladi. Unga Suhrob deb nom berishadi: 


Bir oy o‘tib bir yosh ulg‘aydi o‘g‘il, 


Misoli Rustamu Som yo Zoli zil. 




Uch yoshda maydonni etdi u talab, 

Beshida palangga chiqar tik qarab. 

Kim bilan o‘n yoshda agar qilsa jang, 

Bo‘ldi har pahlavon holi g‘oyat tang. 

Kunlardan birida Suhrob onasidan ajdodlari kim, otasi kimligini so‘raganda onasi


uning bilagiga Rustam berib ketgan gavharni taqib qo‘yadi va Rustami Doston 
farzandi ekanligini aytadi. Suhrob otasini ko‘rish ishtiyoqida safarga otlanib, Raxsh
zotidan bo‘lgan Qulunni tanlaydi. Suhrobning dovrug‘i Afrosiyobgacha borib yetadi. 
U makkorlik bilan urush olovini qo‘zg‘aydi. Suhrob Eronga qarshi jangga otlanadi.
Jang maydonida ota-bola bir-birini tanimasdan to‘qnash keladi, Otasi jangda ustun 
kelib o‘g‘lining ko‘ksiga hanjar uradi. O’limi oldidan Suhrob o‘zini tanitadi. Rustam
dardu

hasratlar


ichida

qoladi:



O’g‘limni o‘ldirdim qarigan chog‘im, 

Ildizin quritdim, shu yurak dog‘im.

Tig‘imdan o‘z o‘g‘lim tasjm etdi jon,

To qiyomat unga yig‘lagay osmon!... 

...Mendekni ko‘rganmi diydai jahon, 

Go‘dak tepasida bo‘lsam zo‘ravon. 

Kesilsa bo‘lardi har ikki qo‘lim, 

Qaro yer sari yo‘nalsa yo‘lim. 



Abulqosim Firdavsiyning hayoti va ijodi haqida o’qib guvohi bo’lganimizdek


shoirning hayoti og’ir bo’lganiga qaramasdan o’qib o’rganish va izlanishdan 
charchamay tinimsiz bilim olgandir. Abdulqosi Firdavsiy kabi shoirlar o’zining kuchli
irodasi va o’tkir zehni bilan tarihda o’chmas izini qoldirgandir. Bu shoirni qanchalar 
kuchli bilim egasi ekanini birgina “Shohnoma” asarini o’qish orqali ham bilish
mumkin, ammo bu inson haqida qancha bilgan sayin bu insonga bo’lgan qiziqish 
shuncha ortib boraveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 
Internet sahifalari; 
Google.uz
Islom.ziyouz.com 

Aks-sado.uz



http://hozir.org



Yüklə 13,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin