Vazirligi toshkent davlat trasnport unversiteti



Yüklə 171,64 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü171,64 Kb.
#42541
1   2   3
mamam

Tashqi savdo balansi
Tovar operatsiyalari bo'yicha pul tush 11 mi va

To’lovlar


Xizmatlar (pochta, muhandislik, sufurta va h.) ho'yicha tusluim va to'lovlar

Diplomatik \i/matlarni molivalashtirish, xorijiv sayyohlik, pul o'tka/malari, pensivalar va hoshqalar ho'vicha hisob kitohlar




Kapitalning xarakati va kreditlar (investitsiyalar, omonatlar t foizlar, foyda va b.) bilan bog'liq pul oqimlari

Manba: O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.

Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.

Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va

tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.

Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik harajatlari16.

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda, mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi. Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladiI.

Xizmatlar va nosavdo operatsiyalar balansi boshqa mamlakatlarga ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul kirib kelishi va boshqa mamalakatlar xizmatidan



foydalanilganlik uchun pulning chiqib ketishi nisbatini ta’riflaydi. Iqtisodchilar xizmatlarni omilli va omilsizga ajratadilar. Omilli xizmatlar milliy investitsiyalardan tadbirkorlik yoki ssuda kapitali shaklidagi tushumni o’z ichiga oladi. Bunga pul tushumlari ya’ni dividentlar shaklida, milliy korxona va firmalar foydasining repatriatsiyasi, horijliklarning milliy patent, litsenziya va menejmentdan foydalanganligi uchun to’lovlar va boshqalar kiradi. Omilsiz xizmatlar oqimiga turizm, yo’lovchi va yuklarni transportda tashish, sug’urta, telekommunikatsiya uchun to’lov va tushumlar kiradi. Savdoga aloqador bo’lmagan , davlatlararo xizmatlar uchun to’lovlar va tush umlar nosavdo oqimlar yoki operatsiyalar deb ataladi. Ular qatoriga pul mablag’larining razmiy o’tkazmalari (masalan, tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalarni boshdan kechirayotgan mamlakatlar uchun yordam ko’rsatish), qarindosh va yaqinlar uchun shaxsiy o’tkazmalar va boshqalar.

Kapital harakati va kredit balansi xalqaro kapital va kredit shaklidagi valyuta mablag’larining kirim va chiqimlari nisbatini aks ettiradi. Kapital harakati tadbirkorlik va ssuda investitsiyalari shaklida bo’lishi mumkin va oldi-sotdi jarayonida milliy moliyaviy aktivlar - tashkilot va korxonalarning aksiya va obligatsiyalari, kredit bilan birga boshqa qarz majburiyatlari va horijiy rezidident va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladi. Kapital harakatining hisobi ko’p hollarda savdo balansi va xizmatlar balanslari zararini qoplovchi rolida ishtrok etadi. Mamlakat ma’lum davr mobaynida tovar va hizmatlarni, ularni ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq iste’mol qilsa, davlat va shaxsiy horijiy kredit, qarzlar, va boshqa horijiy kapital oqimlari talabni qoplay olmayotgan joriy ishlab chiqarish, joriy iste’molni moliyalashtirishga yordam beradi, ya’ni bu sof salbiy eksport.

Boshqa bir muhim tarkibiy qism, asosan joriy operatsiyalar balansi, kapital harakati balansi zararlarini qoplash rolini o’ynovchi mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobidir. Agar to’lov balansining aktiv saldosi joriy operatsiyalar balansining salbiy saldosini qoplamasa, yoki aksincha to’lov balansining aktiv saldosi kapital harakati mablag’larining salbiy saldosini qopl amasa va nihoyat

ikkala balans ham sof salbiy qoldiqqa ega bo’lsa, mamlakatda ilgari to’plab qo’yilgan valyuta zaxiralari tashqi qarzni qoplovchi ishonchli manba bo’lib hizmat qiladi.

Xalqaro savdoning samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash va bir tizimga keltirish har qaysi mamlakat uchun nihoyatda muhim va murakkab vazifa hisoblanadi. Buning uchun maxsus-ilmiy iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazish talab qilinadi. Bunday tadqiqotlar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos jarayonlarni chuqur o’rganish bilan birga, ilg’or hisob-kitob usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Jumladan, bu tarmoqlararo balanslar tuzish usullariga asoslanmog’i lozim. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni bashorat qilganda, tovar aylanishidan tashqari transport, kreditlar, va boshqa moliyaviy operatsiyalar, ilmiy texnik axborotlarning importi-eksporti, yirik ko’lamdagi loyihalarni amalga oshirishdagi xalqaro hamkorlik kabi tashqi aloqalarning turlari ham hisobga olinadi. Quyidagi yo’nalishlar katta istiqbolga ega:


  1. Qishloq ho’jaligining unumdorligini oshirish mqasadida agrotexnikani (naslchilik va o’simliklar genetikasi, zararkunandalarga qarshi kurash, o’g’itlar, sug’orish ishlari va hokazolarni) rivojlantirish.

  2. Tabiiy muhitni saqlash, himoyalash va yaxshilash.

  3. Energetika xo’jaligi (atom energiyasi, elektrotxnika, transport energetikasi va hokazolar).

  4. Texnik kibernetika.

  5. Kosmik fazo tadqiqotlari.

  6. Geologiya va okeonografiya.

  7. Suv resurslari va sho’r suvlarni tozalash muammolari.

  8. Sog’liqni saqlash va aholi o’sishini tartibga solish.

  9. Qurilishni yaxshilash va arzonlashtirish.

Hozirgi vaqtda qator ilmiy-texnik axborotlarning xalqaro almashinuvidagi ko’pgina kamchiliklar (takrorlanish, tarqoqlik, bir shaklga keltirishning yo’qligi) samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Axborotlarning halqaro

almashinuvi o’zaro foydalidir, chunki axborotlar (ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy va

boshqalar) importi uning zaxiralarini oshiradi. Shubxasiz, axborotlarning xalqaro almashinuvning kengayishi nafaqat iqtisodiy, balki umummadaniy nuqtai nazardan ham g’oyat samaralidir. Insoniyat o’z rivijlanishining shunday bosqichiga qadam qo’ydiki, endilikda ko’pgina mamlakatlarning hamkorlik aloqalarini talab qiluvchi ulkan loyihalarni amalga oshirish mumkin. Ularni amalga oshirish uchun yirik moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan birga ilmiy-texnik tartibdagi ulush ham zarur. Bu esa bitta davlatning qo’lidan kelmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligi -korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini baholash ko’rsatkichi bo’lib, ushbu faoliyatning natijalarini va uni amalga oshirishga ketgan harajatlarni o’zaro taqqoslashdan iborat.

Umumiy ko’rinishda tashqi iqtsiodiy aloqalarning samaradorligi (samarasi) quyidagi yo’llar orqali aniqlanadi:



  • Xalq ho’jaligi darajasida - eksport maxsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan harajatlar, transport va tashqi savdo sarflari, import qilinayotgan o’xshash tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni tejab qolish va import tovarlaridan foydalanishning samarasini aks ettiruvchi import tovarlarning narx bahosiga taqqoslash;

  • Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar darajasida - uni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlarni tashqi savdo tashkiloti jo’natmalarining eksport foydalanuvi va qo’shimcha to’lovlarning boshqa turlarini hisobga oluvchi boshlag’ich narxlariga qiyoslash;

  • Import tovarlarining iste’molchilari (buyurtmachilari);

  • Milliy valyutadagi ichki narxlarni (tashqi savdi tashkiloti xalq ho’jaligiga

topshiradigan narxlarda) horijiy tovarlardan foydalanishning samarasini hisobga olgan holda, shu turdagi tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishning tannarxiga (harajatlariga) taqqoslash;

topshiriladigan narxlarida ishlab chiqaruvchilarga to’lovlarni (belgilangan

ustamalar, transport sarflarini hisobga olgan holda) mamlakat chegaralaridagi narxlarda ifodalangan valyutada qiyoslash;



  • Importchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida tovarlar importi uchun (transport

va nakladnoy sarflarini hisoga olgan holda) valyutada to’lovlarini milliy valyutadagi transport va boshqa sarflarni chiqarib tashlab, ularning xalq xo’jaligiga (buyurtmachilarga) topshirilish narxlaridagi ichki qiymatini solishtirish;

  • Moliya vazirligi darajasida -tashqi savdo almashinuvining saldosini hisobga olgan

holda, import tovarlarining ichki narxini (topshirish baxosini) eksport maxsulotlarining boshlang’ich narxiga taqqoslash;

Keltirilgan

tohlill or chii ococdo korvononing tochni iqtisodiy olonalori

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va unda davlatning faol ishtroki

CQmoradorligirn anmlacb va urn oohinoh yo’llarim iehlab cbirnobga nobiy ta’sir

Yaponiyaning o’ziga xos xususiyatidir. Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining

mlodi

deyarli barcha yo’nalishlarini o’ziga qamrab olgan va uni tartibga solib turadi, i chki va tashqi axvolni taxlil qilishdan boshlab, tashqi iqtisodiy startegiyani ishlab



  1. BOB: YAPONIYA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI RIVOJLANISHININ ASOSIY XUSUSIYATLARI.

  1. Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari.

Jahon xo’jaligi tarixidan ma’lumki, Yaponiya 1950-yillargacha agrar mamlakat sifatida tan olinar edi. Ammo 1960-yillarga kelib, jahonda yetakchi davlatlar hisoblangan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlar Yaponiya jahon xo’jaligida “iqtisodiy mo’jiza”ga erishganini tan olishdi. Yaponiya sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati bo’yicha jahonda AQSHdan so’ng ikkinchi mamlakatga ayl andi. Yaponiya bozor iqtisodiyotiga o’tilganligi tufayli, deyarli bir avlod hayoti davomida iqtisodiy jihatdan o’zini tiklabgina qolmay, jahonda eng yuqori darajada rivojlangan


Manba: O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.




Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda puxta o’ylangan davlat siyosati, davlatni rivojlantirishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni asosiy ta’sirchan geografik va tarkibiy sohalarni muhimligini aniqlab, nazorat qilish va tartibga solishda moliyaviy rag’batlantirish uslublarini qo’llaydi.



Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda puxta o’ylangan davlat siyosati, davlatni rivojlantirishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni asosiy ta’sirchan omillardan biriga aylantirdi. Bu siyosat Yaponiyaning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda jahon xo’jaligiga uni yirik xalqaro iqtisodiy, ilmiy - texnikaviy va moliayviy savdo markaziga, jahon iqtisodiy otiga qo’shilishi uning salmoqli qatnashchisiga aylantirdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishida qonunchilik, administrativ-huquqiy, iqtisodiy va norasmiy kabi bir birini to’ldiruvchi uslublardan keng foydalaniladi. Bu esa, oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda Yaponiya amaliyoti keng- huquqiy normativ bazaga tayanadi. Qonuniy va huquqiy-administrativ tartibga solish sistemasj ustivorlik asosida namoyon bo’lib, uni cho’qqisida valyuta almashish va tashqi savdo to’g’risidagi qonun, davlatning umumiy tartibga solish konsepsiyasi sifatida faoliyat chegaralarini belgilaydi.

Bu qonunda xalqaro valyuta fondi, butunjahon savdo tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning kodeksidan asosiy prinsiplar - savdoni erkinlashtirish haqidagi xalqaro shartnomalar, erkin va har tomonlama savdo prinsiplari mavjudligi tufayli uni erkin deb hisoblash mumkin. Erkin tashqi iqtisodiy operatsiyalar prinsipidan kelib chiqib, oddiy hollarda faqat minimal darajada davlat nazoratini nazarda tutadi. Transaksiyalarni litsenziyalash sistemasini joriy etishga faqat favqulotda holat bo’lsagina yo’l qo’yiladi (masalan, mamlakatning to’lov balansi keskin yomonlashganda).

Chegaralarni belgilash xarakteriga ega bo’lgani uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda u yoki bu soxalarga tegishli qonun osti aktlarni dastlab tartibga solish vazifasini yuklaydi. Majburiyatlarni bunday taqsimlash yaponlar fikricha xalqaro iqtisodiy sharoitni o’zgarishiga to’g’ri baho berish va milliy xo’jalikni rivojlantirishda to’liqroq shu holatlarni hisobga olishga yordam beradi va yangilanishga ham yo’l ochadi. Qonunchilik aktlarining “2-qavati” tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni asosiy bloki haqidagi qonundan tashkil topgan: eksport-

import operatsiyalari; bojxona - tarif sohasi; tashqi savdoga xizmat ko’rsatish

24

(eksport inspeksiya haqidagi qonun, tashqi savdoni sug’urta qilish, Yaponiyaga importni rivojlantirish va chet-elning to’g’ridan-to’g’ri invetitsiyalarini jalb qilish to’g’risida favqulotdagi choralar, banklarda, sug’urta bazasida, qimmatli qog’ozlar va birjalarda va h.k. ). Texnik talablar va standartlar (sanoatda standartlashtirish haqidagi qonun va boshqalar); intellektual mulk huquqi (patentlar, avtorlik huquqi va h.k.)



  1. Yaponiya tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili

Yaponiya yuqori darajada rivojlangan mamlakat bo’li b, postagrar- sanoatlashgan davlat hisoblanadi. Avtomobil, kema, maishiy texnika, sanoat robotlari, dastgohlar ishlab chiqarish va baliq ovlash bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinda turadi. Yaponiya deyarli butun dunyo mamlakatlari bilan savdo sotiq qiladi. Dunyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan namunali tajribaga ega bo’lgan davlatlardan biri bu Yaponiyadir. Yaponiyaning “Iqtisodiy mo’jiza”sini “G’arbga yetib olish” degan shiori va rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-texnikaviy va xo’jalik yuritish bilim va tajribalarini o’zlashtirish asosidagi iqitisodiy siyosat oqibati sifatida ko’rib chiqish mumkin. G’arb tadqiqodchilari, Yponiya tajribasini o’rganib mamlakat iqtisodiyotining o’ziga xosligi va boshqalardan ajralib turishini alohida ta’kidlab o’rtishadi. Sanoatning yuqori darajalarda o’sishi, iqtisodiyotni yapon uslubida boshqarishning xususiyatlari, krizis sharoitlarida tez moslashuvchanlik , uning moslashuvchanligi bu mamlakatning o’ziga xosligi bilan asoslanadi. Bunga yaqqol dalil sifatida, misol uchun, sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida xom­ashyo va yoqilg’i bilan ta’minlanganlik darajasi eng past va mamlakat butunlay ko’p turdagi mineral va qishloq xo’jaligi xom- ashyolarining importiga bog’langanligini keltirishimiz mumkin. Aynan tabiiy resurslarga kambag’allik darajasi xalqaro savdoni rivojlantirishning rag’batlantiruvchi omil bo’ldi. Tabiiy resurslarga kambag’al bo’lgan mamlakat jahon iqtisodiyotiga g’oyat muvafaqqiyatli kirib keldi. Avval Yaponiya jahonda qayta ishlash sanoati markaziga aylandi, keyinchalik ilmiy-texnik sohalar rivojlandi. Bugungi kunda

Yaponiya zamonaviy iqtisodiyotning katta ahamiyatga ega savdo mamlakatlarining biridir. Yaponiya iqtisodiyoti yoqilg’i energiyasi va sanoat xomashyosini import qilish bilan bog’liq. Bugungi kunda import tarkibi sezilarli darajada o’zgargan: xomashyo maxsulotlarini emas, balki tayyor maxsulotlarni olib kirish birinchi o’ringa qo’yilgan. Yaponiya uchun uning shakllanishining barcha bosqichlarida savdo balansining saldosi ijobiy bo’lganligini ham alo hida takidlab o’tish lozim. Ammo ko’p yillar davomida mamlakat iqtisodiyatiga mablag’lar oqimini ta’minlab turgan Yaponiya tashqi savdosi pasayishga moyilligi kuzatilmoqda.

Yaponiya iqtisodiyoti raqobatbardosh davlat yaratish va rivojlantirish uchun yordam beradigan tashqi iqtisodiy aloqalar qurishga yo’naltirilgan. Yaponiya iqtisodi uchun tashqi savdoga ixtisoslashuv harakterlidir. Savdo aylanmasi hajmining kattaligiga qaramasdan axoli jon boshiga to’g’ri keladigan tashqi savdo ko’rsatkichini (2010 y. - 12189,37 AQSH dollari) baland deb aytib bo’lmaydi chunki axoli soni bo’yicha Yaponiya dunyoda o’ninchi o’rinni egallaydi.

Tabiiy resurslardan mahrum bo’lgan mamlakat uchun tashqi savdo hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport masshtabi import uchun zarur valyuta jamg’arishga kerak mablag’ darajasidan ancha oshadi. Boshqa davlatlarga sotiladigan 98,6% tayyor maxsulotlarga to’g’ri keladi, ulardan 74,1% - avtomobil va uskunalarga to’g’ri keladi. Tashqi savdo aylanmasi bo’yicha u 2009- yilda(1006,9mlrd. AQSH dollari) faqat AQSH, GFR va Xitoyga joy bo’shatib turibdi.BOB: YAPONIYA TASHQI IQTISODIY ALOQALARINI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI



  1. Yapo niyaning xalqaro bozoridagi mavqeini mustaxkamlash muammolari

XX asrning oxiri - XXI asrning dastlabki yillarida Yaponiya yalpi milliy maxsulotining o’sish sura’atlari AQSH va ko’pgina Evropa mamlakatlaridagi muvofiq ko’rsatkichlar bo’yicha ancha ortda qola boshladi: 1990 va 1997 yillar oralig’ida u yiliga 1%ga yetib oldi, 2006 yilda -1,5% (AQSHda -2,6, Shvetsiyada

2,7, Buyuk Britaniyada -2,5%)ni tashkil etdi. YalMning 1975-2002yillardagi o’rtacha 2,6%ga teng miqdori 2003 -2007 yillarda 2,1 ga tushib ketdi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. BMT mutaxasislarining bergan baholariga ko’ra, 2008 va 2009 yillarda mamlakatdagi ishlab chiqarish muvofiq ravishda 0,6 va



  1. Diagramma.

Yalpi Ichki Mahsulot (AQSH dollarida)

Trillion AQSH dollarida Ming AQSH dollarida





Manba: O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.

Industrial siyosatning negizi hisoblanmish Yaponiya moliya tizimi juda tang vaziyatga tushib qoldi: ko’p sonly banklar qayta moliyalashtirishga muxtojlik sezdilar, katta qismi esa yopilish holatiga tushib qoldi. Eng muhimi yapon xalqining o’z-o’ziga bo’lgan ishonchi asta-sekin yo’qolib bordi, bu ayniqsa, siyosat olib borishda qat’iylikning yo’qligi va iste’molchi hamda investorlar tomonidan ishonchning yuetarli darajada emasligida namoyon bo’ldi. Yaqin vaqtlarda barchani qoyil qoldirgan, g’ayrlik va taqlid predmeti bo’lgan Yaponiya tizimi XXI asrning boshidayoq ochiq tarzda shubxa ostiga olindi va tubdan islohotlarni talab eta boshladi. Bu birinchi navbatda, tuzilmaviy muammolar dolzarbligining o’sib borishi va istiqbolda rivojlanish strategiyasini izlash bilan bog’liq.

Yaponiya hukumati iqtisodiyotni tiklash, jahon iqtisodiyotidagi mavqeini ko’tarish maqsadida global iqtisodiy strategiya va yangi iqtisodiy o’sish strategiyasini qabul qildi. Ushbu strategiyaning muallifi so’nggi 40 yil davomida Yaponiya dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti bo’lib kelganligi tez orada bu mavqeini yo’qotishini ko’zda tutgan.

Ushbu strategiya “Yaponiya dunyoning yetakchi va kuchli iqtisodiy oti mavqeini saqlab qolish uchun nima qilish kerak?”, degan savolga javob berilgan. Buning uchun quyidagi maqsadlar qo’yilgan:

I. Yangi iqtisodiy o’sish maqsadlariga erishish;



  1. Aholi soni qisqarayotgan sharoitda iqtisodiy o’sish. Bunda urg’u mehnat unumdorligi o’sishiga ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlarini kuchaytirishga, yuqori samaraga ega bo’lgan tarmoqlarni rivojlantirishga qaratishga berilgan.

  2. Innovatsiya va talab omad spirali. Bunda innovatsiyalar talabni kengaytirishi, o’z navbatida kengaygan talab, innovatsiyalarni rag’batlantirishi ko’zda tutilgan.

Bu yerda ikkita spiral ahamiyati ko’rsatib o’tilgan ya’ni Yaponiyadagi innovatsiyalarni o’sishi Sharqiy Osiyoda ularga bo’lgan talabning ortishiga olib keladi. Keyingi bosqichda bu mamlakatlarni ng o’zida innovatsiyalar rivojlanadi.

  1. Islohotlarni amalga oshirish natijasida yaqin kelajakni ta’minlash. Unga ko’ra Yaponiya dunyoning innovatsiyalar markaziga aylanishi kerak. Uning aholisi esa mamlakatning eng asosiy boyligidir.

  1. Yaponiyaning xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlash. Buning uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

  1. Yaponiya - Osiyo mamlakatlari hamkorligining omad spirali. Bunda Yaponiya Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishiga o’zining hissasini qo’shadi:

-o’zaro kooperatsiyani ko’paytirish;

-investitsiyalar kiritish;

-kapitallar harakatchanligni oshirish;


  1. Innovatsiyalarni global markaziga aylanish. Buning uchun dunyoda yetakchilikni ta’minlovchi yangi tarmoqlarni yaratish, yangi materiallar ishlab chiqarish.

  2. Yaponiyaga bevosita invetitsiyalarni kengaytirish. Ichki talabga bog’liq bo’lgan sohalarga yordam ko’rsatish.

  1. Informatsion texnologiyalar vositasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.

  2. Mintaqaviy iqtisodiyot rivojlanishini va kichik o’rta biznesni qo’llab quvvatlash va rag’batlantirish.

Yaponiya - yuqori darajada rivojlangan va mustaxkam tashqi iqtisodiy aloqalarga ega bo’lgan mamalakat. Ammo, shunga qaramasdan inqiroz uning iqtisodiyotiga qattiq ta’sir ko’rsatdi. Shunday bo’lsada, xatto tushush davrida ham mamlakatning olib brogan chora tadbirlari, inqirozga qarshi ishlab chiqilgan strategiyalar, iqtisodiy salohiyati uning jahon arenasida o’zining yetakchi o’rnini saqlab qolish imkoniyatini beradi.

  1. O’zbekiston - Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari

Yaponiya dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatdan biri hisoblanadi. Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyati jihatidan AQSHdan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Shu bois ushbu davlat bilan yaqin hamkorlik aloqalarinin g o’rnatilishi Konstitutsiyamiz talablariga to’liq mos keladi va mamlakatimizda zamonaviy sanoat industriyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

O’zbekiston va kunchiqar yurt xalqlarining do’stlik rishtalari, savdo va madaniy aloqalarining tarixi Buyuk Ipak yo’li davrining boshlanishiga borib taqaladi. Ushbu mamlakatning eng sharqiy nuqtasi yapon imperatorlarining ko’hna poytaxti Nara shahri bo’lib, 2010 yilning oktyabr oyida ushbu shaharning 1300 yilligi keng nishonlandi. Kushon davlatining eng e'tiborli di nlaridan biri bo’lgan buddaviylik eramizning I-VI asrdarida O’zbekiston hududida tarqalib, keyinchalik O’rta Osiyo xalqlarining qadriyatlari va an'analalri bilan boyigan holda, Xitoy va Koreya orqali Yaponiya orollarigacha borib yetgani ikki xalq o’rtasida gi umumiy tarixiy ildizlarning mavjudligiga dalildir. Yaponiyaning mashhur musavviri, Toshkent shahrining faxriy fuqarosi Ikuo Xiroyamaning “agar Yaponiya buddaviylik madaniyatining sharqiy tomoni bo’lsa, u holda ko’hna O’zbekiston zamini uning g’arbiy tomonidir”, degan so’zlari muhim ahamiyatga egadir. Xalqlarimiz o’rtasidagi uzoq o’tmishga borib taqaluvchi yaqin aloqalar O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili sifatida bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.

Yaponiya Ozbekiston mustaqilligini 1991 yil 28 dekabrida tan oldi. 1992 yil 26 yanvarda diplomatik munosabatlar ornatildi.

Mustaqillik e'lon qilingandan so’ng O’zbekiston-Yaponiya munosabatlari sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarildi. 1994 yilning may oyida O’zbekisto n Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga uyushtirgan dastlabki rasmiy tashrifi o’zaro ishonch va ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy qadriyatlariga nisbatan

hurmatga asoslangan do’stona aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan ikkinchi tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida do’stlik, Strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi. Hujjatda tomonlarning do’stona munosabatlar va strategik sheriklikni tenglik, o’zaro hamjihatlik tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o’z ifodasini topgan. Savdo - sotiq, sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor vazifa sifatida belgilagan.

Iqtisodiy hamkorlikka doir 1994 yilda tuzilgan O’zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O’zbekiston qo’mitalari iqtisodiy munosabatlarning rivojiga ulkan hissa qo’shib kelmoqda. Ushbu ikki qo’mita tomonidan doimiy ravishda o’tkazib kelinayotgan qo’shma tadbirlar doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir keng qamrovli masalalar muhokama etiladi hamda O’zbekiston bilan Yaponiyaning ushbu yo’nalishlardagi aloqalarini chuqurlashtirishga oid aniq takliflar o’rtaga tashlanadi. 1999-2001 yillar davomida Toshkentda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo’yicha agentligi (LSA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (JETRO) mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg’araz texnik yordam ko’rsatish, ikkala tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o’rtasida aloqalar o’rnatish va gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi O’zbekiston -Yaponiya markazi ochildi.

O’zbekiston va Yaponiya turli xalqaro ahamiyatga molik vazifalar ni hal etishda yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda va dunyo siyosatining ko’plab masalalarida o’xshash nuqtai-nazarga ega. O’zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zoligiga qabul qilinishini qo’llab-quvvatlaydi. Yaponiya o’z navbatida Prezident Islom Karimovning O’rta Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni tashkil etishga oid taklifini ma'qullagan.

O’zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida ko’plab yirik loyihalar hayotga tadbiq qilinmoqda. “Mitsui”, “Mitsubisi”, “Itochu”, “Marubeni” va

boshqa shu kabi yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari ochildi. Iqtisodiyot yo’nalishidagi so’nggi muvafaqqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biri sifatida Samarqand avtomobil zavodida “Isuzu” rusumli avtobus va yuk mashinalarining ishlab chiqarilayotganligini ko’rish mumkin.

Yaponiyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilma loyihalari amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi, xususan, bu boradagi ishlar qatorida yaqinda qurib bitkazilgan “Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on” yangi temir yo’l yo’nalishini sanab o’tish o’rinlidir.

Ikki davlat o’rtasida sarmoyalar kiritish bo’yicha shartnomaviy-huquqiy asosni mustahkamlash ishlari davom etmoqda. 2009 yil sentyabr oyida “Sarmoyalarni liberalizatsiya va o’zaro himoya qilish hamda rag’batlantirish to’g’risidagi” hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi. O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida 2010 yil may oyida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga mo’ljallangan 300 million AQSh dollari miqdoridagi mablag’ ajratish borasidagi bitimning imzolanishi generatsiyaning samaradorligini 30 foizdan 50 foizgacha oshirish hamda uglerodlar emissiyasini qisqartirish imkonini yaratadi.

Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina mamlakatlarning tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish tufayli erishilganini ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi ham jamiyat hayotining barcha sohalari, shu jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov bu tadbirlarning zarurligini qayta-qayta ta’kidlaydi: “Men oddiy bir haqiqatni barcha tushunib olishini istayman: erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish - bu bizning olg’a intilishimizning kafolati va asosi, u nafaqat iqtisodi, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir ”.

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan oshirilayotgan choralar dunyoda iqtisodiyotning globallashuvi va

yagona jahon iqtisodini yaratish jarayonlari kechayotganini hisobga olib amalga

oshirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina mamlakatlarning tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish tufayli erishilganini ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston o’zining tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va jahon iqtisodiyotining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.



XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Yaponiyaning II Jahon Urushidan keyin

rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz Yaponiya hukumatining bu borada olib borgan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Albatta, mavjud sharoitda hukumatning qa’tiy choralari tufayligina mamlakat dunyoning yetakchi davlatlar qatoriga kirib oldi.Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. Yaponiya milliy iqtisodiyotni eksportga yo’naltirdi. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo’yicha alohida vazirlik-Yaponiya Tashqi Savdo va Investitsiya vazirligi tuzildi(MITI). Ko’plab xorijiy iqtisodchilarning fikricha aynan mazkur vazirlik Yaponiya iqtisodiyotining “katalizatori” vazifasini bajarib berdi. Yaponiya iqtisodiyoti eksportga yo’naltirilganligi tufayli mamlakat asosiy e’tiborini eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirdi. O’z-o’zidan iqtisodiyot eksportga yo’naltirilgan ekan Yaponiyaning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokini talab qilardi. Bu yerda albatta AQShning rolini alohida ajratib o’tish lozim. Sababi uning iqtisodiyoti AQSh iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liq edi. Tashqi iqtisodiy masalalarda AQSh bilan hamkorlikning kuchliligi sababli Yaponiya uchun bir qancha imtiyozlar yaratib berdi. Aynan xalqaro maydonda tashqi iqtisodiy masalalar bo’yicha faol ishtiroki tufayli mamlakat iqtisodiyoti kuchayib bordi. Yapon mo’jizasining ro’y berishida eng muhim omi liar dan biri ham tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha masalalar dir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI



1.1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2008.

  1. ”Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida(yangi tahriri)”gi qonuni

  2. ”Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari 1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2009 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so‘zi”. - №21(4936), 30 yanvar 2010.

  1. Monografiya va ilmiy adabiyotlar O’zbek va rus tillarida

  1. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.

  2. Международные экономические отношения /Под ред. Хасбулатова Р.И. М.: Новости, 1991.Т.1. 2009

  3. Пебро М. Международные экономические, валютно-финансовые отношения. - М.: Прогресс-Универс, 1994.

Internet saytlari

  1. http: //www.press-service .uz/uz/news/archive/

  2. http://mfa. uz/uzb/huj j atlar/vaz mahk/

  3. http://finless.ru

  4. http: //www. mof.go.jp

I O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M. Alimov.






Yüklə 171,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin