II. ASOSIY QISM.
2.1.O’zbekiston hududida joylashgan mehmonxonalar qulaylilik, o’ziga xosligi, kamchiliklari va landshafti to’g’risida
HILTON
Hilton Mehmonxonalar zanjiri 1919-yil 31-mayda AQSHda tashkil etilgan. Bu mehmonxonalar zanjiri asoschisi Konrad Hilton hisoblanadi. . Bu mehmonxona turi asosan jahon bo’yicha insonlar ta’til paytlarini o’tkazadigan joylarida joylashgan. Hilton Worldwide Holdings mehmondo’stlik industriyasida yaxshi tanilgan dabdabali xizmat ko’rsatish sifatini taklif etadi. Hiltonning 118 ta mamlakat va hududlarda 983465ta xonaga ega 6215 ta Mehmonxona shu jumladan 690ta boshqariladigan va 5405ta franchayzing bilan ta’minlangan mulklari mavjud.
Hilton Worldwide mehmonxonalarida mavjud xizmatlar:
2020-yil 30-iyun holatiga ko’ra, Hilton brendi ostidagi xonalarning qariyb 98 foizi mustaqil operatorlar va kompaniyalarda boshqarilgan va franchayzing qilingan.Franchayzing amaliyoti ko’pchilik yirik mehmonxonalar zanjiri orasida mehmondo’stlik sanoatida mashhurdir. Chunki bosh kompaniya franchayzing obyektlarining texnik xizmat ko’rsatish va qo’shimcha xarajatlarni to’lashi shart emas.hilton bilan litsenziya shartnomasini saqlab qolish uchun franchayzinglar qat’iy brend standarlarigarioya qilishlari kerak.
Mazkur brendning pozitsiyasi mijozlar istagi bilan boshqariladi. Uning mehmonxonalarida faol insonlar uchun ideal muhit yaratilgan. Uning Toshkent shahrining markazida joylashganligi esa bu maskanning ishbilarmon sayyohlar uchun yanada jozibasini oshiradi. 2019 –yilning dekabr oyida Toshkentda Hilton hotels& Resorts xalqaro brendining birinchi mehmonxonasi ochildi. Tashkent city hududida barpo etilgan mehmonxona binosi 21ta qavatdan tashkil topgan. Bu xalqaro ishbilarmonlik markazida faoliyat yuritadigan oltita mehmonxonaning birinchisidir. Tashkent citydagi Hilton mehmonxonasida 258ta standart, lyuks hamda fransuz, ingliz, arab va mumtoz uslubda barpo etilgan 8ta Prezident xonalari mavjud.Prezident lyuks xonalarining maydoni 250kv.m bo’lib mehmon kutish zali, tushlik zonasi va oshxonani o’z ichiga oladi. Hilton mehmonxona brendi bu yili AQSHda 100yilligini nishonladi. Kompaniya butun dunyoda 585 ta mehmonxonaga ega hisoblanadi.
Tashkent cityda joylashgan Hilton mehmonxonasi - restoran, fitness-markazi, bar va umumiy dam olish qulayliklariga ega dam olish joyi hisoblanadi. Mehmonxona hududida basseyn, mashinalarni ijaraga berish xizmati mavjud. Mijozlarni qabul qilish 24soat ishlaydi. Mehmonxonada nomerga oziq-ovqat va ichimlik yetkazib berish xizmati , shuningdek, valyuta ayirboshlash xizmatlari mavjud. Ayrim nomerlarda mikroto’lqinli pechli mini-oshxona mavjud. Ertabki nonushta xizmati “shved stoli” shaklida tashkil qilinadi.
Shuningdek, 4yulduzli Hilton mehmonxonasida gidromassajli vanna va Terrassa qulayliklari mavjud. Va biznes-markaz va snekbarlar ham mavjud.
Pandemiya davrida karantin qoidalariga qat’iy e’tibor berilgan. Shuningdek, naqd pulsiz ko’rinishda hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin, kontaktsiz kelish va ketish tashkil qilingan.
Tozalik va dizenfeksiya:
Koronavirusdan saqlanish uchun antiseptic vositalar
Choyshablar va sochiqlar kundalik yuvilish
Nomerni dizenfeksiya qilish har bir mijoz chiqib ketganidan keyin amalga oshiriladi
Tozalash ishlarini yakunlagach nomer muhrlanadi
Mijozlar dizenfeksiyadan voz kechishlari mumkin
Tozalash ishlari maxsus kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi
Ovqatlanish va ichimliklar:
Mevalar
Vino/shampan vinosi
Bufet, bolalar uchun mo’ljallangan
Bolalar uchun maxsus menyu
Maxsus dietologik menyu(so’rov asosida)
Snek-bar
Nomerda nonushta
Bar
Restoran
Toza havoda:
Imkoniyati cheklanganlar uchun imkoniyatlar:
Taktik belgilar
Brayn alifbosidagi ko’rsatmalar
Vannada yordam uchun tugmasi
Past rakovina
Baland sanuzel
Sanuzel qo’lda boshqariladigan
Nogiron mijozlar uchun maxsus karovat
Umumiy xizmatlar:
Wi-Fi barcha hududda mavjud
Mini-market(mehmonxona hududida)
Umumiy dam olish joyi/ televizori mavjud bo’lgan mehmon kutish xonasi
Chekish uchun maxsus joy
Konditsioner
Mehmonxonaning barcha hududida chekish ta’qiqlangan
Isitish tizimi
Mashinalar ijarasi
Tovushlardan izolyatsiyalangan nomerlar
Lift
Oilaviy nomerlar
Imkoniyati cheklangan mijozlar uchun qulayliklar
Transfer aeroport dan/ga
Islom diniga e’tiqod qiluvchilar uchun namoz joylari
Nomerga oziq-ovqat va ichimlik yetkazib berish xizmati
Allergiyasi bor mijozlar uchun maxsus nomer
Lanch box(coca- cola, salat, lavash shu kabi)
Uy hayvonlari bilan kelish mumkin
Ro’yhatga olish doimiy:
Hisob-kitob cheki beriladi
Alohida ro’yhatga olish kelish va ketishda
Konserj xizmati
Hududda bankomat
Bagajlarni saqlash
Valyuta ayirboshlash
Tezkor ro’yhatga olish
24/7 qabul qilish xizmati
Alohida shkaflar
Xavfsizlik:
O’t o’chirish asbobi
Bino tashqarisida videokuzatuv
Jamoat joylarida videokuzatuv
Tutun sezgichlari
Qo’riqlovchi signalizatsiyasi
Doimiy qo’riqlash xizmati
Seyf
Dostları ilə paylaş: |