Vaziyatga huquqiy baho bering



Yüklə 35,3 Kb.
səhifə9/13
tarix11.04.2023
ölçüsü35,3 Kb.
#96235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Vaziyatga huquqiy baho bering

Sababiy bog‘lanish — ijtimoiy xavfli qilmish va uning natijasida kelib chiqqan oqibat o‘rtasida obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgisidir. Sababiy bog‘lanish moddiy tarkibli jinoyatlarning obyektiv tomonining jinoyat tarkibi doirasiga kiruvchi zaruriy belgi hisoblanadi. Sababiy bog‘lanish moddiy jinoyatlarda jinoyat tarkibi obyektiv tomonining uchinchi zaruriy belgisi hisoblanadi.7
Endi esa yuqoridagi muammoli vaziyatdan jinoyat tarkibi elementlarini aniqlab olamiz keyin esa ular o‘rtasidag sababiy bog‘lanishni tahlil qilamiz.
Demak, yuqoridagi vaziyatda fuqaro Yahyoyev 2015-yil 22-oktabr kuni soat 20:30 larda Qoraqamish-1/3 dahasi, 44-uyning orqa tarafida yo‘ldan o‘tib ketayotgan fuqaro Shuhratov bilan to‘nashib ketgan va natijada ular o‘rtasida dahanaki tortishuv boshlanib ketgan. Bu tortishuv ular o‘rtasidagi urish holatiga sabab bo‘lagan va Yahyoyev fuqaro Shuhratovni do‘pposlab uning 100 ming so‘mlik sumkasini va uning ichidagi qiymati 4 million so‘mlik telefon aparatlarini tortib olib voqea joyidan yashiringan. Bu holatning jinoyat ekanligini aniqlashning oson va qulay bo‘lishi uchun jinoyat belgilarini tahlil qilamiz.
Bu vaziyatdagi jinoyat tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, jinoyat obyekti jamoat tinchlik-osoyishtaligini saqlash qaratilgan ijtimoiy munosabatlar, tana dahlsizligi, salomatlik va o‘zganing mulki.
Jinoyat obyektiv tomoni Yahyoyevning jamoat joyida mast holatda yurishi, jamoat tinchlik-osoyishtaligiga zarar berishi va Shuhratovni do‘pposlashini olamiz.
Jinoyat subyekti 16 yoshdan katta bo‘gan har qanday fuqaro bo‘lishi mumkin. Ayni ushbu holatda jinoyat subyekti deb Yahyoyevni olishimiz mumkin. Chunki unda JKning 17-modda va 18-moddada nazarda tutilgan jinoyat subyekti talablari mavjud.
Jinoyat subyektiv tomoni bu ijtimoiy xavfli qilmishni Yahyoyev qasddan sodir etganligidir. Chunki mastlik holatida sodir etilgan qilmish ehtiyotsizlik deb qaralmaydi.
Yuqoridagi vaziyatda fuqaro Yahyoyev va Shuhratov jamoat xavfsizligi va tartibini buzishgan, bezorilik harakatini olib borishgan. Bezorilik - jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etish. Bu holatni kalsifikatsiya qilish uchun JKning 277-moddasidan foydalanamiz. Ya’ni:

Yüklə 35,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin