40
87-mashq.
Ko‘chiring. Juft va takroriy olmoshlarning tagiga chizing.
O‘z nutqingizda juft va takroriy olmoshlardan foydalanasizmi? Bunga e’ti-
bor qilganmisiz?
1. Shu-shu Nabijon ham dilni erkalovchi, ham allaqanday
iztirobga soluvchi g‘alati hislar girdobiga tushib qoldi. (
S. Zun-
nunova) 2. Halimaxonni ko‘rdim, sira o‘zgarmabdi: hamon
o‘sha-o‘sha. 3. Yormat Yo‘lchi bilan yonma-yon yurib eski
tanish kabi undan-bundan so‘zlashib bordi. (
Oybek) 4. Mashina
yuborsam, u-bularni berib yuborarsiz. (
Abdulla Qahhor)
5. Qat’iyatli bo‘lmagan odam hech qachon o‘ziga-o‘zi xo‘-
jayinlik qilolmaydi (
U. Foster) 6. Shu-shu, men ularning uyiga
keladigan bo‘pqoldim. (
Sh. Xolmirzayev)
88-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan olmoshlarning juft
va takroriy shakllarini toping. Shoir Aziz Abdurazzoqning fikriga qo‘shi-
lasizmi?
1.
O‘zingdan kichiklarga doim yordam bergin.
Bu bizning
eng birinchi vazifamiz. (
Aziz Abdurazzoq) 2.
Hamma hayvonlar
birdaniga tandirga yugurishib,
uning ichida pisib yotgan
Egriboyni tutib olishibdi va «chaqimchining jazosi –
shu» deb,
uni tilka-pora qilib tashlashibdi. (
Ertakdan) 3. Nima eksang,
shuni o‘rasan. (
Maqol) 4. Ammo
shuni, bolajonlar, unutmang,
Qor yog‘ganda, qushlar holi bo‘lar tang. O‘shanda
siz qushlarga
yordam bering, Uvoq seping, ularga inlar quring. (
Quddus
Muhammadiy) 5. Haqiqat qalb ko‘zidir. Unda o‘z mohiyatingni
o‘zing ko‘rasan. (
O. Mahmudov) 6. O‘sha savol turtki bo‘lib,
men bir necha yil davomida televideniye orqali «G‘azal oq-
shomi» davra suhbatlarida ishtirok etdim. (
E. Vohidov) 7. O‘zga-
lar aybiga tetik nazar sol, o‘z aybing ko‘rgandek undan ibrat
ol. (
Nizomiy)
♦
♦
♦
♦
♦
Dostları ilə paylaş: