Tinchlantiruvchi- sedativ moddalar Bromidlar shunday xususiyatga ega. Veterinariyada brom tuzlari- kaliy bromid, natriy va ammoniy bromidlar ishlatiladi. Hammasi – oq kristall kukun suvda yaxshi eriydi. Bromidlar rezorbtiv so‘rilgach, M.N.S ga ta’sir ko‘rsatadi. Pavlovni ta’kidlashicha, bromidlar tormozlovchi jarayonlarga tanlab ta’sir ko‘rsatadi, nerv sistemasini holati va tipiga qarab qo‘llanilsa u kuchli regulyator hamda ishi buzilgan nervni qaytadan tiklovchi ta’sir etadi.
Bromidlarni qoqsholda, hayvonlar o‘zini-o‘zi g‘ajiganda, eklampsiya, bosh miyani kuchli qo‘zg‘alishlarida qo‘llaniladi. Hayvonlar kukun, bolyus va bo’tqa shaklida beriladi.
Preparatlari. Valerianka, karvakol, devinkon.
Qaltiroq yoki tutqonoqga qarshi moddalar. Qaltirash hayvonlarda ba’zi bir kasalliklarda bo‘lib, organizm uchun og‘ir ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu holatni yo‘qotish uchun katta ahamiyat beriladi.
Qaltiroqqa qarshi modda sifatida barbituratlar, magniy sulfat va bromidlar qo‘llaniladi, lekin hozir samarali ta’sir etadigan preparatlar bor. Bular difenin va geksamidin. Bular miya po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish chegarasi ishi qo‘zg‘atilib, qo‘zg‘alish reaksiyasi vaqtini sekinlashtiradi. Bu zonani qitiqlanishidan orqa miyani qo‘zg‘alish tugunlariga impulslarni berish qiyinlashadi.
1.Difenin-Dipheninum – hidsiz oq kukun. “B” ro‘yxat. U M.N.S da qo‘zg‘alish tarqalishini qiyinlashtirib, hamma qaltiroqlar turi yo‘qotadi, stress holatlarida gavda muskullari tarangligini oldini oladi va susaytiradi.
Hayvonlar og‘iz orqali yoki muskul orasiga qo‘llaniladi.
2.Geksamidin-Hexamidinum - oq kukun, suvda yomon eriydi. “B” ro‘yxatda ta’siri difenin kabi, lekin uzoqroq. Qo‘llanilishi bir xil ko‘proq profilaktika maqsadlarida.
Analgetik yoki umumiy og‘riqsizlantiruvchi moddalar. Analgeziya (grek an-inkor, algos-og‘riq) sezuvchanlikni yo‘qotish. Shunday ta’sirga ega farmakologik moddalar analgetiklar deyiladi.
Ma’lumki, qattiq og‘riq kasalliklarda patologik jarayonlarni borishini murakkablashtiradi. Yurak muskuli funksiyasini buzadi va boshqa o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, ba’zan shok yoki o‘lim yuz beradi. Og‘riqni vujudga kelishida dastlab zarbani retseptorlar keyin M.N.S qabul qiladi. Natijada M.N.S va simpatik innervatsiya qo‘zg‘aladi, nafas va yurak ishi tezlashadi moddalarni parchalanishi kuchayadi. Agar og‘riq to‘xtatilmasa, simpatik innervatsiyani susayib, parasimpatik innervatsiya kuchayadi. Natijada tomirlar kengayadi yurak ishi susayadi, qon bosimi pasayadi, kollaps boshlanadi.
Shuning uchun M.N.S ga boradigan og‘riq impulslarni to‘xtatish kerak. Bunda analgetiklar yoki neyroleptik, uyqu chaqiruvchi va boshqa moddalar qo‘llaniladi.
Analgetiklar kuchli og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega. Ular o‘simliklardan, asosan opiydan va sintez yo‘li bilan olinadi. Ko‘knori (opiy) qadimda arablarda ma’lum bo‘lgan o‘simlik, keyin Xitoy, Hindiston va Evropaga keltirilgan. Nemis dorishunosi Sertyurner 1806 yilda opiydan asosiy ta’sir etuvchi - morfinni ajratib oldi. Hozir bu o‘simlikdan 27 ga yaqin alkoloid olingan.
Kimyoviy jihatdan ko‘knordan olingan alkoloidlar 2 turga bo‘linadi.
Fenantren unumlar- morfin, kodein.