1. Fizostigmin salitsilat – alkoloid, rangsiz kristall, A ro‘yxatda.
Ta’siri. Xolinergik innervatsiyani aktivlashtiradi, ya’ni atsetilxolineste-razafermentini buzib, atsetilxolin paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi.
Fizostigmin karboxolinga o‘xshash ta’sirga ega, lekin sekretsiyani kuchsiz tezlatadi va organlar motorikasini qisqa aktivlashtiradi. U boshqa preparatlarga qaraganda ko‘z qorachig‘ini kuchli qisqartiradi. Ta’siri 2-5 daqiqadan keyin boshlanib, 20-30 daqiqa davom etadi.
Qo‘llash. Oftalmalogiyada 0,5-1 % li eritmasi va surgi dori sifatida qo‘llaniladi.
2.Prozerin – oq kristall kukun, A ro‘yxatda.
Go‘shtxo‘r hayvonlarga kuchsiz, qoramol va otlarga kuchli ta’sirga ega. Fizostigminga qaraganda prozerin xolinesteraza fermentini blokada qilib, atsetilxolinning ko‘p miqdorda to‘planishiga sharoit yaratadi. To‘plangan atsetilxolin xolinergik sistemani qo‘zg‘atadi, natijada oshqozon, ichaklar, bachadon, bronxlar muskulaturasi qisqarishi kuchayadi, tonusi oshadi.
Qo‘llash. Kavshovchi hayvonlar atoniya va gipatoniyasida, katta qorin to‘lib qolganda, katta qorin muskuli parezida, endometritda, yo‘ldosh ushlanib qolishida, tug‘ishni stimullashda, bachadon tiklanishi tezlatishda, qo‘y va cho‘chqalar jinsiy funksiyasini stimullashda.
Xolinolitiklar. Bu moddalar xolinergitik sistemani blokada qiladi, falajlaydi, natijada mediator atsetilxolin bu sistemaga ta’sir etmaydi. Bu guruhga kiruvchi moddalarni nisbatan M–xolinoretseptorlarga va N–xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilarga bo‘linadi.
M–xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilarga atropin guruhi kiradi.
N–xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchilarga gangliyalarga ta’sir etuvchi va kurarisimon moddalar.
Atropin sulfat. Atropin alkaloid, bangidevona, mingdevona, belladonna o‘simliklaridan va sintetik yo‘l bilan olinadi. A ro‘yxatda. Hozirda atropin sulfat holida qo‘llaniladi. U oq kukun, suvda eriydi, kukun yoki 0,1% li eritma holida ishlab chiqariladi.
Ta’siri. M–xolinoreaktiv sistemani blokada qiladi, natijada bu sistemaning atsetilxolin mediatoriga sezuvchanligi yo‘qoladi. Atropin ta’sirida silliq muskullar spazmi bo‘shashadi, jumladan oshqozon, ichaklar, bronx, siydik yo‘llari, va bachadon.
Oshqozon, ichak, so‘lak, ter, bronxial bezlar sekretsiyasi kamayadi yoki to‘xtaydi, oshqozon va ichaklar matorikasi kamayadi.
Yurak qisqarishlari ritmi oshadi, qon bosimi oshadi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, hayvon uzoqni ko‘radi, yaqinni ko‘rmaydi, nafas olishni yaxshilaydi, gaz almashinuvi kuchayadi.
Qo‘llash. Atropin xolinolitiklar va FOB bilan zaharlanganda, nafas markazini qo‘zg‘atish uchun narkotiklar bilan zaharlanagand, yurak ishi va nafas susayganda; silliq muskullar spazmini olish uchun oshqozon-ichak sanchig‘ida, ichaklarda konkrement bo‘lganda, siydik yo‘li, bronxlar spazmida, qizilo‘ngachga yot narsalar tiqilsa, ko‘z kasalliklari diagnostikasi va kosmetika maqsadlarida.
Atropin o‘ta zaharli shuning uchun uni qo‘llashda ehtiyot bo‘lib, dozaga e’tibor berish kerak.