Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə37/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Adrenomimetiklar.
Adrenomimetik moddalar–adrenolinga o‘xshash ta’sir qiladigan kimiyoviy birikmalar. Ularga adrenalin, noradrenalin, mezaton, setanol, izadrin, efurinlar kiradi. Bular hammasi adrenoreaktiv sistemalar bilan birga ta’sir ko‘rsatadilar, natijada adrenergitik sinapslarni qo‘zg‘atadi. Adrenomimetiklar ichida adrenalin α va β retseptorlarga bir xil; noradrenalin, mezaton, fetanol esa α - retseptorlarga kuchliroq; izadrin esa β - retseptorlarga kuchliroq ta’sir etadi.
1.α- retseptorlar bachadon, qon-tomirlar, silliq muskullarda bo‘ladi.
2.β- retseptorlar skelet muskullarida, yurak, bronx va ichaklarda bo‘ladi.
Veterinariyada adrenomimetiklar ko‘proq tomirlarni qisqartiruvchi, bachadonga ta’sir etuvchi, yurak faoliyatini aktivlashtiruvchi va qon bosimini ko‘taruvchi sifatida ishlatiladi.
Adrenalin – buyrak usti bezi garmoni, qonga ajralib boshqa moddalar bilan birga adrenergitik innervatsiya tonusini ushlab turadi. Adrenalinnig ajralish miqdori ba’zan birdan ko‘payishi yoki birdan kamayishi mumkin bu o‘z navbatida hayvon holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Simpatik nerv sistemasi aktivlashgan sharoitlarda, og‘riqlarda, emotsional holatlarda, strixnin yoki nikotin ta’sirida, buyrak usti bezi kichiklashganda adrenalin miqdori ko‘payadi.
MNS va simpatik innervatsiya susayganda adrenalin ajralishi pasayadi.
Hayvonlar organizmida adrenalin doim aminoksidaza fermenti yordamida parchalanib turadi. Adrenalin davolash maqsadida buyrak usti bezidan va sintetik olinadi va adrenalin gidrobromid qo‘llaniladi. U mayda kristall kukun, suvda yaxshi eriydi. Amaliyotda 0,18% li ofitsional eritma ishlatiladi. B ro‘yxatda.
Ta’siri. Adrenalin α va β adrenoretseptorlarga ta’sir etib, butun organizmda adrenergetik nervlar ta’sirini kuchaytiradi, ayniqsa, bu narsa tomirlarda va yurakda yaqqol namoyon bo‘ladi.
1.Tomirlarga ta’siri mahalliy va rezorbtiv bo‘ladi. Mahalliy ta’sirida shilliq pardalar oqaradi, agar kapilyarlardan qon oqsa to‘xtaydi. Teri ostiga yuborilsa rezorbtiv ta’sir etib, tomirlarni toraytiradi. Bu holat 20-30 daqiqa, ba’zan 2-3 soat davom etadi. Adrenalinning bu ta’siri amaliyotda xirurgik operatsiyalarda qon oqishini to‘xtatishda juda qo‘l keladi, ayniqsa mahalliy anesteziyalovchilar bilan birga qo’llanilganda. Adrenalinning qon to‘xtatuvchi ta’siri shundan iboratki, bunda tomirlar yuzasi qisqarib, tromblar hosil bo‘lishi faollashadi. Bu holat mayda tomir va kapilyarlarga taaluqli.
Adrenalin surilgandan keyin, adrenoreaktiv sistemalarga ta’sir etadi, shuning uchun uning ta’siri turli organlar tomirlarida turli xil namoyon bo‘ladi. Masalan, buyraklar tomiri avval qisqarib, keyin kengayadi, o‘pka va miya tomirlari kengayadi.
2. Adrenalin yurakka ta’sir etib, yurak qisqarishlari ritmini birdan oshiradi, yurak muskullarining qisqarish holati kuchayadi, impulslar o‘tkazish tezlashadi.
Agar adrenalin venaga yuborilsa, yurak faoliyati tez o‘zgaradi. 2-3 daqiqadan keyin yurak urishlari tezlashadi. Teri ostiga yuborilsa bu holat 5-10 daqiqadan keyin boshlanadi.
3. Adrenalin ta’sirida qon bosimi birdan ko‘tariladi, ichki organlar tomirlari qisqarishi hisobiga.
4. Adrenalin bachadonda turli hayvonlarda turlicha ta’sir qiladi. Quyonlar bachadoni qo‘zg‘aladi qoramol, it va mushuk bachadonini qisqartiradi, bug‘oz bo‘lsa ta’sir etmaydi, bug‘oz bo‘lmasa qo‘zg‘atadi.
5. Ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi.
6. Bronxial bezlar va oshqozon–ichak bezlari sekretsiyasi susayadi, ter bezlari kuchayadi, ichaklar muskulini bo‘shashtiradi, taloq muskullarini qisqartiradi.
Katta dozalarda hayvonlar uchun zaharli. Avval yurak qisqarishlari soni oshib, shilliq pardalar oqaradi, keyin o‘pka shishi hosil bo‘ladi, so‘ngra yurak urishi susayadi qon bosimi pasayadi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin