Kakain gidroxlorid oq kukun, achchiq ta’mli “A” ro‘yxatda.
Kakain mahalliy sezuvchan nervlar oxirlarini falajlaydi, u shilliq pardalardan oson va tez so‘riladi, sezuvchanlik yo‘qolishi 3-5 daqiqadan keyin boshlanib, 10-30 daqiqa davom etadi.
Kakain rezorbtiv ta’sirga ham ega, ya’ni markaziy nerv sistemasiga kuchli ta’sir etadi, ba’zi bo‘limlari qo‘zg‘alsa, ba’zilari susayadi.
Qo‘llash Kakain Oftalmalogiyada, og‘iz, burun yuzga anesteziyasida (5-10%), oyoqlar oqsoqida 2-4% li eritmasi qo‘llaniladi.
2. Novakain –oq kristal kukun, suvda yaxshi eriydi “B” ro‘yxatda.
Ta’siri sezuvchan nerv oxirlari va tolalari bilan to‘qnashganda ularni falajlaydi va anesteziya chaqiradi. Kam zaharli, tomirlarni qisqartirmaydi, teridan so‘rilmaydi, shilliq pardalardan juda sust so‘riladi. Yuborilgan joyida 30-60 daqiqa ta’sir etadi va parchalanib ketadi.
Qo‘llash. Novakain blokadasi uchun:
1. Yuza anesteziya – 10% li eritma.
2. Infiltrotsion anesteziya - 0,25-0,5 % li.
3. O‘tkazuvchan anesteziya -3-6% li.
4. Orqa miya anesteziyasa – 1-2 % li.
Burushtiruvchi moddalar Bu moddalar hujayralar yuzasida qiyin o‘tkazuvchan qobiq hosil qilish xususiyatga ega bo‘lgan dorilar.
Burishtiruvchi ta’sir negizida dori moddalar bilan to‘qima oqsil moddalari o‘zaro ta’siri reaksiyasi yotadi, natijada qiyin eriydigan va qiyin o‘tkazadigan birikmalar hosil qiladi ya’ni albuminatlar. Albuminatlar hujayralarga so‘rilmaydi, albuminatlar hosil qilish esa hujayralar yuzasi va hujayralararo oraliqda sodir bo‘ladi. Ular himoya qalqoni sifatida ma’lum yuzani qoplaydi, keyin hujayralar o‘rtasida aloqani buzadi, nerv oxirlari sezuvchanligini susaytiradi, tomirlar qisqaradi.
Bu o‘zgarishlar yallig‘lanishlarda juda foydali, jumladan, hamma ta’surootlarga sezuvchanlik susayadi, tomirlar funksiyasi yaxshilanadi, qon aylanish tiklanadi.
Burishtiruvchi moddalar yallig‘lanishga qarshi qon to‘xtatuvchi va kuchsiz antimikrob ta’sir etadi. 2 xil turi mavjud:
Organik moddalar – o‘simliklar;
Noorganik moddalar – vismut preparatlari.
Qo‘llash: Teri va shilliq pardalar yallig‘lanishlarida oshqozon ichakda, qon ketishida, og‘ir metall tuzlari va alkogoloidlar bilan zaharlanishlarda.
Tanin. To‘q sariq kukun o‘simliklardan olinadi.
Burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va qon to‘xtatuvchi ta’sir etadi. Tashqi tomonga yaralar, ekzema. Kuyishlar davolash uchun 5-10% li eritmasi, maz, prisipka holida, og‘iz, burun, jinsiy organ shilliq pardalari 1-2 % li etirmasi, oshqozon-ichak gemorragik yallig‘larishda, alkolloid va og‘ir metall tuzlaridan zaharlanishlarda qo‘llaniladi.
Eman po‘stlog‘i. 20 % gacha burishtiruvchi modda saqlaydi.
Burishtiruvchi, qon to‘xtatuvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi.
Qaynatma shaklida (1:10) oshqozon, ichak yallig‘lanishlarida va qon ketishida, og‘iz, tomoq yallig‘lanishlarida (1:5) qaynatmasi terini yara va kuyishida qo‘llaniladi.
Kseroform –sariq kukun, suvda erimaydi.
Antiseptik, burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir etadi. Tashqi tomonga yaralar, ekzema, dermatitlarda 5-10 % maz holatda yoki sepma holida qo‘llaniladi yana veshnevskiy mazi tarkibiga kiradi.