Dozasi: 1kg tirik vazn og‘irlikga ot – 0,01, tuya – 0,06 mg yuboriladi.
4.Diamidin – och binafsha rangli kukun, qon – parazitar kasalliklarda 4% li eritma shaklida teri ostiga yuboriladi.
5.DATS. ( diminazin atseturant ) – sariq rangli kukun, suvda yaxshi eriydi, achchiq ta’mga ega. Qon parazitar kasalliklarda davolash va oldini olish maqsadida, muskul yoki teri ostiga 7% li eritma holida 1 marta yuboriladi.
Dozasi: 1 kg og‘irlik tirik vaznga davolovchi 3 mg, profilaktika 1,5 mg yuboriladi.
6.Butachem – suyuq holda. Qon parazitar kasalliklarda davolashda muskulga qo‘llaniladi.
Dozasi: 20 kg tirik vaznga 1ml yuboriladi.
7.Etakridin laktat (rivanol) – sariq rangli, achchiq ta’mli, suvda eriydi. Kuchli antimikrob dori. U kokklar, difteriya tayoqchasi, stafilokokklarni o‘sishini to‘xtatadi.
Qo‘llanilishi. Og‘iz, burun ko‘z nafas yo‘llari jinsiy organlar yallig‘lanishlarida qo‘llaniladi. Uni eritma holida 1 :500 – 2000 nisbatda yoki 1-2% li maz holida qo‘llaniladi.
15-mavzu. Kimyoterapevtik moddalar. Antibiotiklar. Sulfanilamidlar va nitrofuranlar
Reja: 1.Kimyoterapiya haqida tushuncha.
2.Antibiotiklar.
3.Penitsillinlar sinfi.
4.Tetratsiklinlar sinfi.
5.Levamitsiten va streptomitsinlar sinfi.
6.Makrolidlar sinfi va har xil antibiotiklar.
7.Sulfanilamidli preparatlar.
8.Nitrofuran unumlari.
9. Fitontsidlar.
TAYANCH TUSHUNCHALAR: ► Antibiotiklarga umumiy xarakteristika berish, ularning olinishi, vakillari, yaratilish tarixi haqida. ► Penitsillinlar, tetratsiklinlar, ta’sir mexanizmi, qo‘llanilishi, dozalari va saqlash qoidalari haqida. ► Antibiotiklarning qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarni havola etish. ► Antibiotiklarga umumiy xarakteristika berish, ularning olinishi, vakillari, yaratilish tarixi haqida. ► Penitsillinlar, tetratsiklinlar, ta’sir mexanizmi, qo‘llanilishi, dozalari va saqlash qoidalari haqida. ► Antibiotiklarning qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarni havola etish