Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə86/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3. Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent


Kimyoterapevtik moddalar haqida tushuncha.
Mikroblar yoki parazitlarga tanlab ta’sir ko‘rsatadigan, yuqumli va parazitar kasalliklarda organizmga maxsus dori moddalarni yuborish bilan davolash ishlarini bajarish kimyoterapiya deyiladi. Kimyoteraya organizmga emas, balki aniq bir kasalikning qo‘zg‘atuvchiga yo‘naltirilgan davolash usuli va shu bilan u patogenetik terapiyadan farq qiladi.
Hozirgi zamonaviy fanlar kimyoterapiyani asosiy muvaffaqiyatlarga erishtirishda rus ximiklari Lomonosovga, N.N.Zininga, A.M.Butlerovga, D.I.Mendeleevga qarzdor, chunki bu olimlar o‘zining ilmiy ishlari yangiliklari bilan sintetik kimyo va ratsional kimyoterapiyaga asos soldilar hamda boshlang’ich qadam qo‘ydilar. Rus olimi D.L.Romanovskiy birinchilardan bo‘lib, kimyoterapiyani asosiy yo’nalishlarini aniq tuzib berdi, qaysikim kimyoterapevtik moddalar qo‘zg‘atuvchiga ta’sir etib, organizmni himoya kuchlarini ham kuchaytiradi.
Kimyoterapevtik moddalar kimyoterapiya va kimyooprafilaktika maqsadlarida hayvon organizmida kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotish uchun keng qo‘llaniladi. Bu moddalarni ta’siri organizmda kasallik qo‘zg‘atuvchiga ta’sir ko‘rsatib, keyin organizmni himoya kuchlari tomonidan kuchli ta’sir ko‘rsatishga asoslangan.
Aniqlanganki, kimyoterapevtik moddalar kasallikni surunkali davriga qaraganda o‘tkir kechishida juda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, kasallikni boshlang‘ich davrida, bakterial hujayralarni bo‘linish – ko‘payishi kuchayib, ozuqa moddalarni hujayra ichiga kirishi tezlashadi va shu bilan birga moddalarni ham ko‘p yutadi, boshqa tomondan bu paytda organizmni himoya kuchlari maksimal mobilizatsiya qilingan bo‘ladi, surunkali holatda bular susaygan bo‘ladi.
Kimyoterapevtik moddalarni qo‘llashda quyidagilarga rioya qilish shart:

  1. Kasallik qo‘zg‘atuvchiga samarali ta’sirga ega preparatlarni qo‘llash.

  1. Davolashni kasallikning erta davrida belgilangan.

  1. Preparatni dozasi, qo‘llash usuli va qo‘zg‘atuvchiga maksimal ta’sir etish paytini tanlash.

  2. Kerakli paytda kombinatsiyalangan kimyoterapiya qo‘llash.

  3. Davolash kasallik belgilari yo‘qolgandan keyin ham 2 – 4 kun davom etishi kerak.

  4. Kasallikni emas, kasalni davolash usulini tanlash kerak.

Kimyoterapevtik moddalarga quyidagilar kiradi:
1. Antibiotiklar.
2. Sulfanilamidlar.
3. Nitrofuranlar.
4. Qon parazitga qarshi moddalar.
5. Margimushni organik birikmalari.
6. Koksidiozga qarshi moddalar.
7. Antigelment moddalar.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin