Antibiotiklarning kimyoterapevtik va kimyoprofilaktik ta’sirlari. Antibiotiklar boshqa dori vositalariga qaraganda ancha yang guruh moddalari hisoblanadi. Undan tashqari antibiotiklarni boshqa dori moddalaridan bir necha bor ko‘p qo‘llaniladi, ko‘p ishlab chiqariladi va natijada olinadigan foydalari ham ancha yuqori. Bunga sabab nimada ekanligini sanab o‘tishga harakat qilamiz:
Spetsifik-maxsus ta’sir mexanizmiga ega.
Keng va aniq mikrob va mikroblarga aniq qarshi ta’siri bor.
Mikroorganizmlar hayvon organizmida hosil qilgan toksinlarni neytrallaydi.(antitoksik t.)
Eng kichik dozalarda ham effekti aniq bo‘ladi, bu esa ancha iqtisodiy samaradorlikni olib keladi.
Makroorganizm (hayvon organizmi) larda ham o‘zining ta’sirini yoki kuchini yo‘qotmaydi.
Ta’siri tez va aniq, ko‘zga tez tashlanadigan davolovchi va profilaktik o‘zgarishlar ro‘yobga chiqadi.
Amaliyotda qo‘llaniladigan antibiotiklar eng kam zaharli ta’sirga ega bo‘ladi.
Antibiotiklar qanday usullarda qo‘llaniladi va dori shakllari. Har xil yuqumli kasalliklarni davolash uchun antibiotiklarning fiziko-kimyoviy xossalari, ta’sir mexanizmi, molning holati, turi va boshqalarga qarab har xil usullarda qo‘llaniladi. Hamda turli xil shakllarda chiqariladi.
Maz (malham), tomchi, emulsiya, sham va kukun (sepish uchun) tashqi qo‘llash uchun;
Kukun, tabletka va draje – og‘iz orqali yuborish uchun.
Flakonlarda – in’eksiya-parenteral qo‘llash uchun (muskul orasiga, teri ostiga, venaga yuborish uchun).
Aerozol – hidlatish, ingalyasiya uchun.
Antibiotiklarning flakonda ishlatmoqchi bo‘lsa - fiziologik-izotonik (NaCl) eritmada va 0,25-0,5% novakain eritmasida eritilib muskul orasiga yuboriladi. Yuborish usulllari ayrim sabablarga ko‘ra ular ma’lum yo‘llar bilan yuboriladi. Masalan: Benzilpenitsillinlarni og‘iz orqali yuborish foydasiz, chunki ular ichaklarda neytrallanadi. Streptomitsin - hazm qilish organlari orqali qonga so‘rilmaydi. Ayrim antibiotiklarni teri ostiga yuborilmaydi.