Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari 1-kurs 114-guruh talabasi hayvonlar anato‘miyasi fanidan prezintatsiyasi kenjayev fozilbek



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə2/13
tarix01.01.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#50265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
FAZILBEK KENJAYEV

подзаголовок

  • Umurtqalar, qovurg‘a va to‘sh suyagini tuzilishi

Birinchi bo‘yin umurtqasi – a – atlas – halqa shaklidagi ko‘rinishga ega bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra boshqa bo‘yin umurtqalaridtlantan farq qilib turadi. U boshni harakatlantirish uchun xizmat qiladi.. Atlantning yuqori va pastki yoylari – arcus dorsalis et ventralis bo‘lib, yuqorigi yoyda yuqorigi (dorsal) do‘nglik - tuberculum dorsalis, pastki yoyda esa pastki (ventral) do‘nglik – tuberculum ventralis joylashadi va ularga boshni egilib, ko‘tarilishini ta’minlovchi muskullar birlashadi. Ko‘ndalang o‘simtalari bilan bo‘g‘im o‘simtalari qo‘shilishib atlant qanoti – alae atlantis ni hosil qiladi. Qanot ostida qanot chuqurchasi – fossae alares joylashadi. Atlant qanotlarida qon tomirlari va nervlar o‘tishi uchun ikki juft teshik bo‘lib, qanot teshiklari – foramen alares qanot chuqurchasiga ochiladi; umurtqalararo teshik – foramen intervertebrales bevosita umurtqa teshigiga ochiladi. Atlant qanotining oldingi uchida tuxumsimon shakldagi, ensa suyagining bo‘rtiklari bilan birlashish uchun oldingi bo‘g‘im chuqurchasi – fossae articulares craniales bo‘ladi, qanotning orqa uchida esa ikkinchi bo‘yin umurtqasi birlashishi uchun qavariq kaudal bo‘g‘im maydonchasi – facies articulares caudalis chiqadi. Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Qoramolda – qanot chuqurchasi yuza joylashgan; ko‘ndalang oraliq teshigi bo‘lmaydi; qanoti oldingi va keyingi burchaklar hosil qiladi. Qo‘yda – atlant qanoti to‘rtburchak shaklda bo‘ladi va uning ventral yuzasida chuqurcha va qanot teshigi bo‘ladi. Otda – atlantning keng va yupqa, plastinkasimon qanoti bo‘lib, pastga tomon bukilgan; qanot chuqurchasi chuqurroq joylashgan; atlant qanotida umurtqaaro qanot va yon o‘simtalararo teshiklar joylashgan. CHo‘chqada – yuqorigi va pastki do‘ngliklari katta bo‘lib, qanotning oldingi teshigi va umurtqalararo teshik yaxshi rivojlangan; yon o‘simtalararo teshik qanotining orqa burchagida yotadi.

  • Birinchi bo‘yin umurtqasi – a – atlas – halqa shaklidagi ko‘rinishga ega bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra boshqa bo‘yin umurtqalaridtlantan farq qilib turadi. U boshni harakatlantirish uchun xizmat qiladi.. Atlantning yuqori va pastki yoylari – arcus dorsalis et ventralis bo‘lib, yuqorigi yoyda yuqorigi (dorsal) do‘nglik - tuberculum dorsalis, pastki yoyda esa pastki (ventral) do‘nglik – tuberculum ventralis joylashadi va ularga boshni egilib, ko‘tarilishini ta’minlovchi muskullar birlashadi. Ko‘ndalang o‘simtalari bilan bo‘g‘im o‘simtalari qo‘shilishib atlant qanoti – alae atlantis ni hosil qiladi. Qanot ostida qanot chuqurchasi – fossae alares joylashadi. Atlant qanotlarida qon tomirlari va nervlar o‘tishi uchun ikki juft teshik bo‘lib, qanot teshiklari – foramen alares qanot chuqurchasiga ochiladi; umurtqalararo teshik – foramen intervertebrales bevosita umurtqa teshigiga ochiladi. Atlant qanotining oldingi uchida tuxumsimon shakldagi, ensa suyagining bo‘rtiklari bilan birlashish uchun oldingi bo‘g‘im chuqurchasi – fossae articulares craniales bo‘ladi, qanotning orqa uchida esa ikkinchi bo‘yin umurtqasi birlashishi uchun qavariq kaudal bo‘g‘im maydonchasi – facies articulares caudalis chiqadi. Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Qoramolda – qanot chuqurchasi yuza joylashgan; ko‘ndalang oraliq teshigi bo‘lmaydi; qanoti oldingi va keyingi burchaklar hosil qiladi. Qo‘yda – atlant qanoti to‘rtburchak shaklda bo‘ladi va uning ventral yuzasida chuqurcha va qanot teshigi bo‘ladi. Otda – atlantning keng va yupqa, plastinkasimon qanoti bo‘lib, pastga tomon bukilgan; qanot chuqurchasi chuqurroq joylashgan; atlant qanotida umurtqaaro qanot va yon o‘simtalararo teshiklar joylashgan. CHo‘chqada – yuqorigi va pastki do‘ngliklari katta bo‘lib, qanotning oldingi teshigi va umurtqalararo teshik yaxshi rivojlangan; yon o‘simtalararo teshik qanotining orqa burchagida yotadi.
  • Ikkinchi bo‘yin umurtqasi (epistrofey)axis s. epistropheus. Uzun tanasining oldingi uchida umurtqa boshi o‘rnida bo‘g‘im yuzasi orqali atlant bilan birlashishi uchun tishsimon o‘simtasi – dens epistrophei bo‘ladi. Umurtqaning yuqorigi tarog‘i – crista epistrophei dorsalis oldinga qarab ozroq pasaygan bo‘ladi. Oldingi (kaudal) bo‘g‘im o‘simtasi umurtqa yoyidan boshlanadi. Umurtqa yon ko‘ndalang teshik va uning oldirog‘ida umurtqalararo teshik – foramen intervertebrali bo‘ladi. Ikkinchi bo‘yin umurtqasi (epistrofey) – axis s. epistropheus. Uzun tanasining oldingi uchida umurtqa boshi o‘rnida bo‘g‘im yuzasi orqali atlant bilan birlashishi uchun tishsimon o‘simtasi – dens epistrophei bo‘ladi. Umurtqaning yuqorigi tarog‘i – crista epistrophei dorsalis oldinga qarab ozroq pasaygan bo‘ladi. Oldingi (kaudal) bo‘g‘im o‘simtasi umurtqa yoyidan boshlanadi. Umurtqa yon ko‘ndalang teshik va uning oldirog‘ida umurtqalararo teshik – foramen intervertebrali bo‘ladi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin