VI.MEHNAT MUHOFAZASI Ish joyining yoki ish stolining to’g’ri rejalashtirish, shunda monitorni o’zini qulay turishi, klaviatura turadigan polkasi stolning ichiga kirib chiquvchi rolikli, protsessor stolining tegida uning tomonida bo’lishi kerak. Ish xonani yoritilganligi. Xozirgi paytda ish xonalarning yoritilganligi standart ravishda o’rnatiladi. SNIP 11-4-79.Elektr tokini odam organizmiga ta’siri. Ish xonalarda eskirgan tok simlari o’zgartirishda, yangilashda yoki EHM larga yangi qurilma qo’yishda, kuyib qolgan sxemalarni kompyuter yoqig’turgan holatda almashtirilsa, odamni tok urishi faoliyatni qisqartirishi mumkin (o’zini yo’qotish, nafas olmaslik yoki yurak to’xtab qolishi ) organizmga bunday ta’sirini tok urish deyiladi.Odam tok urishi xavfi borligini oldindan bilolmaydi chunki tokning bir xosiyati borki uni quloq bilan eshitib, ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi, sezib bo’lmaydi va hidi yo’q.Statistika ma’lumotlariga ko’ra ko’pgina odamning tanida tok oqimi qo’lidan boshlab oyog’igacha, bir qo’lidan ikkinchi qo’liga tok oqib o’tarkan, bunda tok odamning avvalo markaziy nerv sistemasini va yurak, o’pka organlarini shikastlantiradi.Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri electron xisoblash texnikasini rivojlantirish va uni ishalb chiqarishda, ilmiy –tadqiqot ishlarida, loyhalashtirish ishlarida rejali xisob – kitoblarda, boshqaruv sohalarida keng qo’llash xisoblanadi. Oxirgi yillarda elektron xisoblash kompyuterlarini ishlab chiqarish ahamiyatli darajada kengaydi. Bu jarayonda umumiy maqsadli kompyuterlari bilan birgalikda mikroprosessorlari, mini-EXM (electron xisoblash kompyuterlari), mikro-EXM va shahsiy EXMlar katta o’rin egallaydi.
Hisoblash imkoniyatlarini ortishi bilan birgalikda narxi, gabarit o’lchamlari , elektr energiyadan foydalanishni kamayishi EXMlarniu yanada kengroq sohalarda qo’llash imkoniyatini brmoqda .Ishlab chiqarish uchun xavfli va zararli faktorlar, ularning foydalanuvchilariga ta’siri o’rganib chiqilmoqda. Ishlab chiqarishda jarohatlanish profilaktikasiga va yuqoridagi faktorlarni foydalanuvchilarga,atrof –muhitga ogohlantiruvchi ko’ngilsiz voqelar ta’sirini kamaytirishga yo’naltirilgan va kompyuterda yuqori ishlab chiqaruvchi ,sog’lom ,xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratuvchi tashkiliy va texnik tadbirlari ichlab chiqilmoqda.
Kompyutеr xonasiga qo’yiladigan talablar
Agar bino bir qavatli bo’lmasa ,kompyuter xonasi birinchi va ohirgi qavatlarda bo’lmagani ma’qul . Birinchi qavatda shovqin-suron tovushlari eshitilishi, chang-to’zon tushishi hamda o’g’rilik sodir etilishiga qulay sharoitlar mavjud bo’lishi mumkin. Eng yuqori qavatda bo;lsa ham qaznoq orqali o’g’ri tushishi ,qor –yomg’ir suvlari o’tishi,quyosh nuri tik tushib ,xona xaroratini ko’tarib yuborishi mumkin.Kompyuterlar o’rgatilgan xona polli, devorlar suv qo’shib ishlatiladigan bo’yoqda bo’yalgan, albatta yerga ulangan, signallashtirilgan, eshik va oynalar temir panjaralar bilan mahkamlangan bo’lishi shart. Butun xona EHM xonasiga mos ravishda jihozlangan bo’lishi kerak.Kompyuter xonalariga quyosh nuri tik tushadigan bo’lsa oynolarda xonani qorong’ilashtiruvchi qora darpardalar ham bo’lishi lozim. Kompyuterlarning barcha qurilmalari riloflar bilan qoplangan holda turishi kerak. Xonada xaroratni o’lchab turuvchi xona termometri, kompyuterlar uchun himoya oynalari bo’lishi zarur, xonada 20-24 gradusli (ko’pi bilan 28 gradusgacha) temperature saqlanishi lozim. Agar xona xarorati keragidan oshib ketsa yoki pasayib ketdigan bo’lsa, xona xaroratini mo’tadillashtirib turuvchikondisioner bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Xonada kaktus, alloy kabi tikanli o’simliklarning bo’lishi inson salomatligi uchun foydali.Kompyuterdan foydalanuvchi har bir shaxs texnika xavfsizligi qoidalaridan xabardor bo’lmog’i lozim. Ochiq simlar, ochiq yoki noqulay rozetkalar bilan ishlamaslik kerak, inson salomatligiga xavf tug’diruvchi biror hid yoki boshqa bir belgi sezilsa, darhol rahbarni xabardor qilishi lozim. Imkoniyat bo’lsa, kompyuterdan foydalanuvchilar oq xalat kiyib shug’ullansalar, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kompyuterda ishlash jarayonida ko’z charchashi, bosh aylanishi, ko’ngil aynashi yoki uyqu kelishi kabi bazi bir o’zgarishlar yuz beradigan bo’lsa, tanaffus qilish, ko’z uchun va tana uchun turli jismoniy mashqlar bajarish tavsiya qilinadi.