Reja – inshoning tuzilishi, qismlarga bolinishi va shu qismlarni izchillik bilan bayon qilish demakdir. Reja asosida yozilgan inshoda ikkinchi darajali emas, balki asosiy masalalar yoritiladi. Oquvchilar insho mavzusi bilan tanishganlaridan keyin yoziladigan insho rejasi ustida ishlaydilar. Reja inshoni yozishga kirishishda muhim bosqich hisoblanadi. Rejaning mavzu mazmuniga muvofiq bolishi uchun oquvchilar mavzu haqida bir fikrga kelishlari, yoritiladigan materialni chegaralab olishlari kerak. Reja oquvchilarning insho mazmuni va goyasini yoritishda mantiqiy izchillikda qay darajada amal qilganliklarini va mavzuga bolgan munosabatlarini korsatadi. Shuningdek, reja insho mavzusi va goyasini yoritishda muayyan bosqich bolishi bilan birga, ifodalash lozim bolgan fikrni, voqea va obrazni tasavvur etish, u haqda malum bir xulosaga kelish uchun vosita vazifasini ham bajaradi. Insho rejasi ustida ishlash har bir oquvchiga alohida, nafosat tuygusi bilan yondashishni talab etadi. Reja – inshoning tuzilishi, qismlarga bolinishi va shu qismlarni izchillik bilan bayon qilish demakdir. Reja asosida yozilgan inshoda ikkinchi darajali emas, balki asosiy masalalar yoritiladi. Bolalar avval oqigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, song bir mavzuga oid bir necha rasm asosidagi insho rejasini, yani rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. Reja tuzishga orgatishda oldin nima haqida toxtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan song nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish kerakligini oquvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. Reja kopincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida tuziladi. Bazan rejani ekskursiya, kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu yuzasidan material toplash, insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida tuziladi.Bunday reja insho yozishdan oldin korib chiqilib, unga ayrim aniqliklar kiritiladi. Oqituvchining adabiy jarayon, badiiy asar togrisidagi bayoni, muhim masala boyicha qiladigan maruzasi yaxshi insho namunasi boladi. Oquvchilar oqituvchining maruzasidan kirish sozni uyushtirishni, keyin asosiy qismga otishni, asosiy maqsadni bayon etish va asarlardan misollar keltirish bilan uni isbotlashni, fikrni xulosalash yollarini bilib oladilar.