Tekshiruv diktanti uchun baho me’yori alohida belgilanadi. 1 – sinf o‘quvchilarining ishlariga baho qo‘yilmaydi. Ishdagi xatolar miqdoriga qarab «qoniqarl» yoki «qoniqarsiz» deb og‘zaki baholanadi. Keyin ishdagi xatolar aniq ko‘rsatiladi.
2-4 – sinf o‘quvchilarining ishlari quyidagicha baholanadi: Agar o‘quvchi diktantni to‘g‘ri va chiroyli yozgan, tuizatishlarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa,faqat ayrim harf shakllarini buzib tuzatgan bo‘lsa, «5» baho qo‘yiladi. Agar o‘quvchi diktantda 2 ta imlo va 1 ta tinish belgilarida xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, shuningdek ayrim harf shakllarini buzgan yoki buzib tuzatgan bo‘lsa, «4» baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi diktantida: a) 3 ta imlo va 2-3 ta tinish belgilarida; b) 4 ta imlo va 2 ta tinish belgilarida; d) 5 ta imlo va 1 ta tinish belgilarida xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, yozuv sifati talabga javob bermasa va tuzatishlar bo‘lsa, «3» baho qo‘yiladi. Diktantda quyidagi xatolar hisobga olinadi: So‘zda bo‘g‘in yoki harfni tushirib qoldirsa, bo‘g‘in yoki harfni qo‘shib yozsa; so‘zni ma’nodosh bo‘lgan boshqa so‘z bilan almashlab yozsa, shuningdek, harf shakllarini buzib yozsa ham xato sanaladi.
2-Mavzu: Ta’limiy va tеkshiruv diktantlari
Ta’limiy diktantlar oquv jarayonida, ma’lum mavzularni takrorlash, mustahkamlash maqsadida otkaziladi. Ta’limiy diktantlar izohli yozuv, ta’kidiy, izohli diktant, saylanma, ijodiy, erkin, lugat diktantlari kabi turlarga ajratiladi.
Izohli yozuv. Ta’kidiy va izohli diktant, lugat, nazorat diktantlarda matn ozgartirilmay yoziladi.
Saylanma, erkin va ijodiy diktant vaqtida esa matn ma’lum ozgarish bilan yoziladi.
Ta’kidiy diktant oquvchilarning orfografik qoidalarni ongli ozlashtirishda oziga xos orin tutadi. Bunda eshituv organi orqali qabul qilingan taassurotlar bilan birga soz tarkibini, grammatik va orfografik qoidalarni yaxshi bilish ham talab etiladi. Ta’kidiy diktantda matnni diktovka(bayon) qilishdan oldin imlo qoidalarini eslash, izohlash lozim.