Izohli diktant ham ta’kidiy diktantga oxshaydi, biroq unda grammatik qoida matn yozib bolingandan song eslatiladi.
Saylanma diktant ma’lum bir grammatik qoida boyicha otkazilib, bilimlarni puxta ozlashtirishga, oquvchilarning ongli oquvini takomillashtirishga yordam beradi. Bunda matndan mustahkamlanayotgan imlo qoidasiga mos bolgan sozlarnigina ajratib yozishlari talab qilinadi.
Erkin diktantda oquvchi matnning mazmunini saqlagan holda ayrim soz nutq malakasini egallagan bolishi, ixcham matn tuza olishi kerak boladi. Erkin diktant oquvchilarda oqilgan matnni koproq eslab qolish, boshqalarning fikrini tola, aynan bayon eta olish malakasini hosil qildirish va bunday bilimlar darajasini olchash, baholash uchun lozim.
Ijodiy diktant oquvchilardan faollik va mustaqillikni talab qiladi. Ijodiy diktant:
Oquvchilarga bilimlarni ongli ozlashtirishlarida yordam beradi.
Yozma nutqni togri shakllantiradi. Oquvchilarning ogzaki va yozma nutq boyliklarini oshiradi, nutqiy savodxonlikka orgatadi. Oquvchining ma’naviy kamolotiga, nutq madaniyatining osishiga yordam beradi. (Masalan. Mavzu: “A va O unlilarining yozilishini mustahkamlash).
Nazorat diktanti yoki tekshiruv diktanti organilgan qoidalarning qanday ozgartirilganini tekshirish maqsadida kundalik va oraliq nazorat shaklida otkaziladi.
Nazorat diktantga quyidagi talablar qoyiladi:Yozma nazoratning bu turi otilgan mavzu yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlashga va tekshirishga xizmat qilishi lozim.
Diktant uchun otilgan mavzuga tola muvofiq keladigan va olingan bilimlarni sinash imkoniyatini beradigan material tanlanishi zarur boladi.
Tanlangan material oquvchiga ma’lum darslikdan olinmay, imkon qadar ijodiy bolishi, mustaqil oqilgan yoki oquvchiga notanish bolgan asarlardan bolgani maqsadga muvofiqdir.
Diktant matni saralangan gaplardan yoki tayyor adabiy-badiiy parcha holida bolishi mumkin. Bu ozlashtirilgan mavzu mohiyatiga bogliq.
Diktant hajmi V sinfda 100-110, VI sinfda 110-120, VII sinfda 120-150, VIII sinfda 150-170, IX sinfda 170-200 sozli bolishi mumkin. Lugat diktant uchun esa V sinfda, 20-25. VI sinfda 25-30, VII sinfda 30-35, VIII sinfda 35-40, IX sinfda 40-45 tacha soz tanlanadi.