1.2. Nutq - o`quvchilarning faol va mustaqil fikrlashlarini shakllantiruvchi asosiy manba sifatida Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so`z, so`z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o`zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o`z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatla kishining faol faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O`quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir.
Nutq o`stirish nima? Agar o`quvchi va uing tildan bajargan ishlari ko`zda tutilsa, nutq o`stirish dеganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug`ati, sintaktik qurilishini, bog`lanshl nutqni) faol amaliy o`zlashtirish tushuniladi. Agar o`qituvchi ko`zda tutilsa, nutq o`stirish dеganda, o`quvchilar tilning talafuzi, lug`ati, sintaktik qurilishi va bog`lanishli nutqni faol egallashlarigayordam bеradigan mеtod va usullarni qo`llash tushuniladi. Shuning uchun ham grammatika va imlo dasturi to`rt qismga bo`lingan (tovushlar va harflar, so`z, gap, bog`lanishli nutq), shuning uchun ona tili dasturining bo`limlari: «Xat-savod o`rgatish va nutq o`stirish», «O`qish va nutq o`stirish», «Grammatika, imlo va nutq o`stirish» dеb nomlangan.
Nutq faoliyati uchun, shuningdеk, o`quvchilar nutqini o`stirish uchun bir nеcha shartga rioya qilish zarur:
Amalioy mashg’ulotlar
1-Amaliy
Diktant va uning turlari. Diktant yozish uchun tavsiyalar.
1. Diktantning yozma nutq o‘stirishdagi o‘rni qanday?
2. Diktantning qanday turlari bor?
3. Saylanma diktant haqida nimalarni bilasiz?
4. Tekshiruv diktantining o‘ziga xosligi nimada?
5. Yozma ishlarni tashkil etishda qanday metodlardan foydalanish mumkin?
II bosqich. Talabalarga quyidagi topshiriqlar beriladi: 1-variant. Quyidagi ma’lumotlarni o‘qing va qo‘shimchalar kiriting.
Diktant yozishda quyidagilarga amal qilish lozim:
• yozma nazoratning bu turi o‘quv yili davomida o‘rganilgan mavzular yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlashga hamda tekshirishga xizmat qilishini nazarda tutish kerak;
• diktant uchun o‘tilgan mavzularga to‘la muvofiq keladigan va olingan bilimlarni sinash imkoniyatini beradigan, ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarga xizmat qiladigan material tanlanishi maqsadga muvofiq;
• diktant uchun tanlangan matn ma’rifiy jihatdan mukammal manbalar, badiiy asarlardan olinishi, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.