Vii sinf o’zbekiston va jaxon tarixidan savollar


VII SINF O’ZBEKISTON VA JAXON TARIXIDAN SAVOLLAR



Yüklə 26,97 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü26,97 Kb.
#173808
1   2   3   4
30 талик 7-sinf o\'z tar savol javob

VII SINF O’ZBEKISTON VA JAXON TARIXIDAN SAVOLLAR



  1. Qadimgi Turonda qaysi davlatlar davrida yuksalish boshlanadi ? Kushon va Qang’

  2. “Charxfalak” so’zining ma’nosi nima ? Koinot, yer kurrasi

  3. “Charxparrak” nima ? Suv ishooti

  4. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan, to’g’on boshlaridan kimlar o’zlariga yer ajratib olishgan ? Sarkorlar ya’ni dehqonlar

  5. Ilk o’rta asrlarda ziroatkor aholi ustidan kimlar hukmronlik qilgan ? Dehqonlar

  6. Xorazmshoh Afrig’ Xorazm poytaxtini Tuproqqal’adan Kat shahriga qachon ko’chiradi ? 305-yilda

  7. Xorazmshoh Afrig’ qaysi qasr ichida o’ziga saroy qurdiradi ? Al-Fir

  8. III asr o’rtalarida Afrig’iy shohlari tangalarining old va orqa tomonida nima tasvirlangan ? Old tomonida shoh, orqa tomonida suvoriy

  9. Xorazmshoh unvoni dastlab suyovushiylar tomonidan qabul qilinganligi haqida kim ma’lumot beradi ? Beruniy

  10. Xitoy tarixchilarining ma’lumoticha qaysi hududlarda paxta ekilgan ? Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo

  11. Eftallar davrida ziroatkor yerlarning kattagina qismi kimlarning qo’lida bo’lgan ? Qishloq jamoalarining

  12. Eftallar davrida “xvabular” kimlar ? Qabila va urug’oqsoqollari

  13. Ilk o’rta asrlardan hozirga qadar Toshkent vahasi va Janubiy Qozog’iston yerlarini suv bilan ta’minlagan kanallar qaysilar ? Zogáriq (Zovariq) va Bo’zsuv

  14. Turklar 555-yilda qaysi hududlarni egallaydi ? Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarini

  15. Turklar 558 yilda qaysi hududlarni egallaydi ? Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini

  16. Turklar 575-576-yillarda qaysi hududlarni egallaydi ? Shimoliy Kavkazni bepayon yerlarini egallab Qirim yarim oroliga kirib boradi

  17. Xoqon To’ng Yabg’u hukm surgan davr ? 618-630-yillar

  18. G’arbiy Turk xoqonligi viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning qanday unvonini beradi ? “Yabg’u”

  19. G’arbiy Turk xoqonligida viloyat hokimlari huzuriga yuborilgan xoqonlikning noiblari nima deyilgan ? Tudunlar

  20. G’arbiy Turk xoqonligi davrida Farg’ona va Sug’dda qanday ma’danlar qazib olingan ? Oltin, mis, temir, simob

  21. Sug’d ixshidligi tarkibiga qaysi hududlar kirgan ? Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro,

  22. Sug’d ixshidligi o’ziga nechta mulkni birlashtirgan ? O’n bitta yirik mulkni

  23. Samarqand ixshidi saroyida qanday ibodatxona bo’lgan ? Ajdodlar ruhi hotirasi ibodatxonasi

  24. Ilk o’rta asrlarda Sug’dliklar qaysi sohada nihoyatda sohibkor bo’lgan ? Uzumchilikda

  25. Ilk o’rta asrlarda Sug’dliklar chorvachilikda nimasi bilan mashxur bo’lgan ? Hisori qo’ylari va tulporlari bilan

  26. Bizning zamonamizgacha sug’d yozuvi na’munalari qayerlardan topib o’rganilgan ? Panjikent yaqinidagi Mug’ qal’asidan , Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinidan, Samarqanddagi Afrosiyobdan

  27. Ilk o’rta asrlarga oid topib o’rganilgan sug’d yozuvi na’munalarida qanday ma’lumotlar keltirilgan ? Sug’dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodi va diniy e’tiqodlari hususidagi muhim ma’lumotlar

  28. Xalqlarning buyuk ko’chish jarayonini qaysi qabilalar boshlab bergan? Xunn qabilalari

  29. Xalqlarning buyuk ko’chishini asosiy sabablari nima? 1-Yangi yerlaga talabning ortishi, 2-sharqdan xunn qabilalarining hujumi, 3-iqlimning o’zgarishi

  30. Rim imperiyasining shimoliy chegaralarida yashagan varvar qabilalari II-IV asrlarda qanday tuzumda yashaganlar? Urug’chilik tuzumida


Yüklə 26,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin