Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo’lib, unda har bir fuqaro dinga munosabatini o’zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi.

4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng huquqliligi haqida so’z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi. Vijdon erkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O’zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko’rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug’ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egalar.
Diniy tashkilotlarga O’zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo’lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo’lim yoki filiallarini ochish man etiladi.
Diniy tashkilotlarga O’zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo’lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo’lim yoki filiallarini ochish man etiladi.
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg’otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo’hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o’rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.