Viloyat akmi mintaqada Viloyat Axborot-kutubxonachilik faoliyatining markazi


O‘zbekiston respublikasida axborotkutubxona sohasida olib



Yüklə 69,1 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü69,1 Kb.
#209591
1   2   3   4
mustaqil ish biblateka

O‘zbekiston respublikasida axborotkutubxona sohasida olib
borilayotgan islohotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan «Respublika aholisini Viloyat Axborot-kutubxona bilan


ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori Viloyat Axborot-kutubxona ishida axborot va kommunikatsion texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, aholining Viloyat Axborot-kutubxona muassasalariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirishga qaratilgan.
Qaror aholini Viloyat Axborot-kutubxona bilan ta’minlashni takomillashtirish, eng muhimi, kutubxonachilik ishini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan respublika Viloyat Axborot-kutubxona tizimini tubdan isloh qilishga asos bo‘ldi. Qarorga muvofiq ommaviy va markaziy kutubxonalar o‘rnida Viloyat Axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari tashkil etildi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi ommaviy kutubxonalar tarmog‘i ko‘rib chiqilib, ular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika Viloyat Axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash tuzilib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi shu kengashning ishchi organi etib tayinlandi. Ilgari respublikamiz viloyatlarida faoliyat yuritgan ommaviy markaziy kutubxonalar aloqa va axborotlashtirish agentligi tasarrufiga o‘tkazilib, Viloyat Axborot-kutubxona markazlariga aylantirildi. Viloyat Axborot-kutubxona markazlarini boshqarish uchun agentlik huzurida Respublika Viloyat Axborot-kutubxona markazi (RAKM) tashkil etildi.
Hozirgi kunda har bir viloyatda bittadan va Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 14 ta Viloyat Axborot-kutubxona markazlari faoliyat olib bormoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi tizimidagi o‘quv yurtlarida axborot-resurs markazlari tashkil etilib, joylardagi ommaviy kutubxonalar shu axborot-resurs markaziga biriktirilgan holda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Respublikada amalga oshirilgan Viloyat Axborot-kutubxona sohasidagi islohotlar axborot-resurs va Viloyat Axborot-kutubxona faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, Viloyat Axborot-kutubxona ishining asosiy metodlari va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, an’anaviy ish shakllaridan axborotlashtirishni hisobga olgan yangi, o‘ta takomillashgan va samarali metodlarni joriy etish va foydalanishga o‘tish zaruratini keltirib chiqardi.
«Viloyat Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 4- moddasida Viloyat Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari belgilab berildi. Bular quyidagilardan iborat:

  • foydalanuvchilarning Viloyat Axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash;

  • foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, bilim o lish ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga ko‘maklashish;

  • O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini saqlash;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida Viloyat Axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash.

Bu esa Viloyat Axborot-kutubxona tizimi faoliyatidagi xodimlarning oldiga ulkan vazifalar qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015- yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalari bazasida Viloyat Axborot-kutubxona va axborot resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2011- yil 23- fevralda qabul qilingan PQ № 1487- sonli Qarorida hozirgi kunda mamlakatimizda 11026 tadan ziyod Viloyat Axborot-kutubxona muassasalari faoliyat ko‘rsatib, ulardan 6,3 million nafardan ortiq kitobxon va o‘quvchilar foydalanib kelayotganligi qayd qilib o‘tiladi. Viloyat Axborot-kutubxona muassasalarida bugungi kunda 83,6 million birlikdagi jami adabiyotlar fondidan 3,5 million tasi elektron ko‘rinishda ekanligi, ayniqsa, barcha Viloyat Axborot-kutubxona markazlari Internetga (ZiyoNET portaliga) kirish imkoniyatini beruvchi lokal tarmoqlar tashkil etilganligi muhim omil bo‘lmoqda. Chunonchi, ta’lim muassasalaridagi 1639 ta axborot-resurs markazida (91 foiz) lokal tarmoq mavjud bo‘lib, ulardan 1380 tasi, ya’ni 76,5 foizi ZiyoNET portaliga ulanganligi aytib o‘tiladi. Qarorda Viloyat Axborot-kutubxona tizimini rivojlantirishning 2011–2015- yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi belgilab berilgan. Qaror dasturida shu yillar mobaynida respublikamizda bosqichma-bosqich elektron kutubxonalarning tashkil etilishi, Viloyat Axborot-kutubxonalarda elektron resurs zallarini tashkil etish, yig‘ma elektron katalog va elektron kataloglar majmuyini tashkil etish va bulardan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratib berish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, axborot-resurs markazlarini zamonaviy kompyuter, telekommunikatsiya va orgtexnika bilan jihozlash, avtomatlashtirilgan Viloyat Axborot-kutubxona tizimini bazasini yaratish va muntazam ishlashini ta’minlash kabi dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Ayniqsa, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, oliy va o‘rta maxsus bo‘g‘inda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor berilgan.
Viloyat Axborot-kutubxona tizimining yangi yo‘nalishda tashkil etilishi aniq maqsad asosida ish olib borishni taqozo etmoqda. Bunday ishlarni tashkil qilishda Viloyat Axborot-kutubxona mutaxassislari va kutubxonachilar yetakchi rol o‘ynaydi.
Shu o‘rinda, bo‘lajak mutaxassislarga ta’lim berishda Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining o‘rni beqiyosdir.



Yüklə 69,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin