Amaliy fanlar metod birlashma hujjatlari 2022-2023.docx (1)
Eshitildi: 1-masala yuzasidan metodbirlashma raisi A.Vahobov so’zga chiqdi. U o’z so’zida maktabda “Bilimlar bellashuvi” va “Fan olimpiadalari”ni o’tkazishga tayyorlanishimiz zarurligini aytdi. Buning uchun har bir fan o'qituvchisi iqtidorli o’quvchilarni tanlab muntazam shug’ullanish zarurligini aytdi.
Munozaraga texnologiya fani o’qituvchisi G.Umrzoqova so’zga chiqib yuqoridagilarni ma’qullab 2021-2022 o’quv yilida ham amaliy fanlar metodbirlashmasi o’quvchilar bilan fan to’garaklar hamda qo’shimcha mashg’ulotlarda reja asosida shug’ullanayotganliklarini aytdilar.
2-masala yuzasidan ustoz o’qituvchi O’.Teshaboyev so’zga chiqdi. U o’z so’zida shogirdi A.Inomjonov bilan 2021-2022 o’quv yili uchun taqvimiy mavzu rejasini birgalikda tuzishgan, fan xonalarini DTS talabi asosida jihozlanishiga ko’maklashildi. Amaliy mashg’ulotlarni bajarish tartibi, masalalar yechish qoidalari ma’lumot beriladi.
Muzokaraga metodbirlashma rahbari A.Vahobov so’zga chiqdi. U yuqoridagilarni ma’qullab G.Umrzoqova ustoz o’qituvchi har chorakda shogird bilan ishlaganligi yuzasidan hisobot tayyorlashi kerakligini uqtirdi.
3-masala yuzasidan metodbirlashma raisi A.Vahobov so’zga chiqdi. U o’z so’zida yosh mutaxassislar bilan ustoz-shogird tizimi bo’yicha ishlarni amalga oshirayotganligi haqida hisobot berdi. Uning fikricha A.Inomjonov texnologiya fani o’qituvchisi G.Umrzoqova murabbiy-ustoz qilib belgilangan. Metodik kunlarida amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish hamda turli masalalarni yechishda ko’maklashilmoqda.
Munozaraga musiqa fani o’qituvchisi O’.Teshaboyev chiqib, haqiqatdan ham yosh mutaxassislar darslari tahlil qilinib yangi pedagogik texnologiyalarda, foydalanish kerakligini o’rgatayotganliklarini aytdilar.
4-masala yuzasidan metodbirlashma a’zosi O’.Teshaboyev so’zga chiqdi. U o’z so’zida bugungi metodbirlashma yig’ilishida “Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusida ma’ruza tayyorlaganligini aytdi (ma’ruza ilova qilinadi).
Munozaraga chizmachilik fani o’qituvchisi X.Fozilova, geografiya fani o’qituvchisi A.Inomjonov chiqib, ma’ruza haqiqatdan ham dars o’tishda muhim o’rin egallaganligini aytdi.