__________ viloyati hokimligi xalq ta’lim boshqarmasi ___________ xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi ___-umumiy o’rta ta’lim maktabi amaliy fanlar metodbirlashma
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING USTUVOR VAZIFALARI
1. Ta’lim sifatini oshirish 2. Zamonaviy kadrlar bilan taminlash siyosati 3. Xodimlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash 4. Xalqaro tajribani joriy etish 5. O’qituvchi maqomini oshirish 6. Vazirlikning mavqeini kuchaytirish 7. AKTni keng joriy etish
8. Davlat-xususiy sherikchilik
Umumiy o'rta ta'lim maktabining Metodbirlashmalari to'g'risidagiNizom 1-bob. Umumiy qoidalar l.Mazkur Nizom umumiy o'rta ta'lim maktablarining metodika birlashmalari (keyingi o'rinlarda - metodbirlashma deb yuritiladi) maqsadi, asosiy vazifalari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Metodbirlashma - bu umumiy o'rta ta'lim maktablari (keyingi o'rinlarda-umumta'lim maktabi deb yuritiladi)da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo'g'ini hisoblanib, o'qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan, ularning innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta'lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.
Metodbirlashma o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumta'lim maktabining ustavi va ushbu Nizomga amal qiladi.
Mazkur Nizom talablari barcha davlat umumta'lim maktablariga nisbatan tatbiq etiladi.