Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
3-Sinf

II.Asosiy qism: 
Ertalik. 
1-boshlovchi: 
Assalom,ustozlar,mehri daryolar, 
Ilm-fan bog`ida asl donolar! 
2-boshlovchi: 
Bugun qarshingizda yosh shogird bo`lib, 
Yuraklari limmo-lim zavq-shavqqa to`lib, 
Sha`ningiz ulug`lab she`rlar ayturmiz, 
Ustoz,Sizga bosh egib,ta`zim qilurmiz.
1-o`quvchi:-Mamlakatimizda ustoz va murabbiylar qadimdan sharafli kasb egalari sifatida ulug`langan,el-
yurt e`zozida bo`lgan.Ayniqsa,mustaqillik yillarida ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlari yanada qadr 
topdi. 
2-o`quvchi:-Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1997-yildan boshlab yurtimizda 1-oktabr –
O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanmoqda.Bu esa ustozlarga ko`rsatilayotgan 
yuksak ehtiromdan darak beradi. 
3-o`quvchi:Olamda ko`p erur muborak onlar, 
Tabarruk zotlar ham garchand ko`p erur. 
Sizgadir ilk rahmat,aziz insonlar, 
Munis muallimlar,sizga tashakkur.(A.O)
4-o`quvchi:Ustoz yo`li porloqdir,ustoz yo`li yorug`dir, 
Ustoz ko`ngli –xazina,saxovatga to`liqdir. 
Yetsang ustoz qadriga,eling seni ardoqlar, 
Mo`min,bilsang ustozing otangdayin ulug`dir.(P.M.) 
1-boshlovchi: Ustozlar haqida qanday maqol va hikmatli so`zlar bilasiz? 
5-o`quvchi:-Ustoz otangday ulug`. 
6-o`quvchi:-Ustozsiz shogird – jonsiz terak. 
7-o`quvchi:-Ustoz qanday – shogird shunday. 
8-o`quvchi :-Ustoz bilimli – shogird ilmli. 
9-o`quvchi:-Usta bo`lsang ham,ustozingni unutma. 
2-boshlovchi:Tillarimiz 
biyron-biyron 
chiqib,endigina 
gapira 
boshlaganimizda 
ota-onamiz:”Ota” 
,degin,”Ona”,degin deya bizni ilk bor so`zlashga o`rgatishgan. 
Ota-onaga hurmatni,kichikka izzatni,Ona Vatanga bo`lgan so`nmas mehr-u muhabbatni esa bugun ehtirom 
bilan tilga olayotgan ustozlardan o`rganmoqdamiz.


 
1-boshlovchi:Yana ustozlar haqida aytilgan donolarning hikmatli so`zlaridan va hadislardan namunalar 
ayting. 
10-o`quvchi: 
-Jahonda bo`lmasa muallim agar, 
Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar.(Abdurahmon Jomiy.) 
11-o`quvchi:-Ustoz, muallimsiz qolsa bir zamon, 
Nodonlikdan qora bo`lurdi jahon.( Abdurahmon Jomiy.) 
12-o`quvchi:-O`quvqaydabo`lsa,ulug`likbo`lur. 
Bilimqaydabo`lsa,buyuklikbo`lur.(YusufXosXojib) 
2-boshlovchi:Aziztengdoshlar!
Orangizdao`qituvchilikkasbigahavasqo`yib,”Kattabo`lsambirinchiustozimkabio`qituvchibo`laman”,deyaorzu
qilganlarbor, albatta.(O`quvchilargaqaratadeydi): 
deylik,o`qituvchibo`libqolsangiz,shudargohdadarsberayotganqaysiustozgao`xshagingizkeladi?(………..) 
-Siz tilga olgan bu ustozlarning qaysi jihatlari sizga ko`proq yoqadi?(………..) 
-Mobodo,ustozingiz yomon baho qo`ysa,undan ranjiysizmi?(………) 
1-boshlovchi:Aziz ustozlar,qadrli mehmonlar hamda tengdoshlar!Shunung bilan bugungi ertaligimiz o`z 
nihoyasiga yetdi. 
2-boshlovchi: -Yana bir bor qutlug` bayram bilan tabriklar ekanmiz,Siz aziz ustozlarga tuganmas 
sog`lik,baxt,uzoq umr,ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin