Hozirgi kunda hamma kompyuter va telefon foydalanuvchilari virus degan tushunchani yaxshi bilishadi. Bu kichik dastur bilan bir necha bor uchrashishgan. Ko'p hollarda mag'lub ham bo'lishgan. Bilib olgan bo'lsangiz bu maqolamiz viruslarga bag'ishlanadi.
Kompyuter virusi - internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yo'q qilib,ishlamay qolishiga sabab bo'ladigan dastur. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki ma’lumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida so’z boradi. Virus ham tuzilishiga ko’ra dastur, lekin zararli! Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil ma’lumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris(kichik) tomonidan Internet tarmog’iga joylashtirilgan. Bu virus o’z faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan g’arazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta ko’lamli zarar keltirdi. Robert moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi.