Virusli gepatit



Yüklə 0,63 Mb.
tarix17.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#156732
Virusli gepatit

Virusli gepatit

Davolash ishi 568-guruh talabasi

Jo’rayev Islomjon

Virusli gepatit

Gepatit kasalligi asosan jigarni zararlaydi va shunga oid klinik simptomlar paydo bo’ladi. Bemor badanining sarg’ayishi virusli gepatitlarning yaqqol ko’rinadigan simptomi hisoblanadi, ba’zan virusli gepatitlarda badanning sarg’ayishisiz o’tishi ham mumkin. Badanning sarg’ayishi har doim ham virusli gepatitlarda uchramaydi. Bemor badanining sarg’ayishi

  • O’t suyuqligi yo’lining berkilib qolishi natijasida;
  • Jigar parenximasining turli xil mikroblar, viruslar, zaxarli moddalar ta’sirida zararlanishi natijasida o’t suyuqligi ishlab chiqarish faoliyatining buzilishi natijasida;
  • Eritrositlarning ko’plab parchalanishi – gemolizi natijasida ko’p miqdorda o’t hosil bo’lishi oqibatida ham yuzaga keladi.

Virusli gepatit klinikasi

Jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki "pivo"ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvatarangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Ular yuqish yo’liga ko’ra Fekal-oral va Parenteral bo’ladi.

Hozirgi vaqtda virusli gepatitning 5 xili mavjud:

  • Gepatit A
  • Gepatit B
  • Gepatit E
  • Gepatit D
  • Gepatit C

Gepatit A

Gepatit A – genetik belgilar bir spiralli RNKda saqlanadi. Uning bitta antigeni bor. Kasallik manabi bemor odam hisoblanadi. Virus fekal-oral yo’li bilan yuqib, bemor axlati orqali tashqi muhitga chiqariladi, u ayniqsa inkubatsion davrining oxiri va bemor badani sarg’aygunga qadar ya’ni gepatitning boshlang’ich davrida ko’p chiqariladi. Bemorlarning badani sarg’aygandan so’ng ko’pchiligining ahlatida virus topilmaydi. Gepatit A bilan kasallanish asosan bog’cha va boshlang’ich maktab yoshidagi bolalar tashkil etadi. Gepatit A bilan kasallanib sog’aygan bemorlarda umrbod saqlanadigan immunitet paydo bo’ladi. Lekin Gepatit A ning simptomsiz o’tadigan shaklidan so’ng paydo bo’lgan immunitet juda mustahkam bo’lmaydi.

Gepatit A

Gepatit A virusi og’iz orqali kirib jigar hujayralariga – gepatotsitlarga kirib ularning parchalanishiga sabab bo’ladi. Lizasom membranasining strukturasi buziladi va natijada gepatotsitlardan proteoloitik fermentlar chiqariladi. Gepatit A virusida gepatotsitlarning parchalanishi cheklangan bo’ladi. Parchalangan gepatotsitlarning ko’p yoki oz bo’lishiga ko’ra kasallik og’ir yoki yengil o’tadi. Gepatotsitlarning parchalanishi natijasida jigar funksiyasining buzilishi va shu sababli bemor organizmida chuqu bioximik buzilishlar yuzaga keladi. Jigarning zaxarsizlantirish funksiyasining buzilishi natijasida organiGepatit A ta’sirida bemor qonida kasallik boshlanishidayoq IgM paydo bo’ladi va IgM borligini aniqlashdam diagnistika uchun foydalaniladi. Kasallikning 3-4 haftasidan so’ng bemor qonida IgM kamayib IgG paydo bo’ladi va uzoq muddat saqlanadi. IgG aholi orasida gumoral immunitet dinamikasini aniqlashga yordam beradi.

zmda zaxarlanish holati yuz beradi.

Gepatit A

Gepatit A ning klinikasida

  • inkubatsion,
  • boshlang’ich,
  • sarg’ayish
  • sog’ayish davrlari ajratiladi.
  • Kasallikning o’tishiga ko’ra

  • Yengil formasi
  • O’rtacha og’irlikda o’tadigan formasi
  • Og’ir formasiga ajratiladi
  • Simptomlariga ko’ra

  • Sarig’ bilan o’tadigan formasi
  • Belgilari yetarli bilinmagan formasi
  • Sariqsiz o’tadigan formasi
  • Subklinik formasi
  • Qancha muddat davom etishiga ko’ra

  • O’tkir formasi – 3 oygacha
  • Cho’zilgan formasi – 3 oydan 6 oygacha

Gepatit A diagnostikasi

Gepatit A diagnozini kasallikning boshlang’ich davrida sariqlik paydo bo’lguniga qadar aniqlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Sababi saqirlik paydo bo’lguniga qadar bemorlar juda havfli hisoblanib sog’lom odamlarga juda tez yuqadi. Gepatit A ga qarshi IgM juda erta inkubatsion va boshlang’ich davrining birinchi kunlarida paydo bo’ladi va IgM ning topilishi diagnozni uzil kesil hal qiladi. IgG ni aniqlash anamnestik ahamiyatga ega. Sababi bemor tuzalgach aniqlanadi. Fermentlar aktivligini aniqlash orqali jigar hujayralarining yemirilishi oz yoki kop ekanligi haqida ma’lumot beradi.

Gepatitni erta aniqlash uchun siydikda urobilinogen borligini tekshirish usulidan ham foydalaniladi. Urobilinogen bemor badani sarg’ayishidan oldin siydikda paydo bo’ladi.

Gepatit A davosi

Barcha bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. Yengil va o’rtacha og’irlikdagi formasida dori-darmonlar berilmaydi. Kun tartibi va dietaga rioya qilish kifoya qiladi. Og’ir formasida infuzion terapiya va intoksikatsiyaga qarshi choralar ko’proq va davomliroq qo’llaniladi.

Profilaktikasi – aholi turmush tarzini yaxshilash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatli hisoblanadi. Bemor bilan kontaktda bo’lganlar 35 kun davomida kamida 1 haftada bir meditsina nazoratidan o’tadilar. Kontaktda bo’lgan bog’cha bolalari va maktab bolalari har hafta ko’rikdan o’tadilar.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin