Vitaminlar klasifikatsiyasi tuzilishi, funksiyasi


Nuklein kislotalar ularning kimyoviy tarkibi



Yüklə 186,26 Kb.
səhifə12/23
tarix02.01.2022
ölçüsü186,26 Kb.
#38787
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
biokimyo

Nuklein kislotalar ularning kimyoviy tarkibi.
Nuklein kislotalar yuqori molekulali biopolimerlar bo`lib, molekulyar massasi 250 dan 1,2.105 kDa atrofida bo`ladi. Ular tirik organizmda irsiy belgilarni saqlab, ularni avloddan-avlodga o`tkazishda bevosita ishtirok etib, kibernetik vazifani bajaradilar. 1869- yilda shvetsariyalik olim F.Misher tomonidan hujayra yadrosida nuklein kislotalar aniqlanganligi uchun nukleus (lotincha nucleys-yadro) deb atalgan. Tarkibidagi uglevodga qarab ular dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalariga bo`linadi.

Nuklein kislotalar organizmlarda hujayralarning deyarli hamma organoidlar tarkibida uchraydi. Yadroda DNK oqsil bilan birgalikda dezoksinukleoprotoeid (DNP) shaklida (umumiy massaning ~1% ni tashkil qiladi). Ularning mitoxondriyalarda, xloroplastlarda ham borligi aniqlangan. Yadroviy DNKda organizmning tur spetsifikligini belgilovchi genlarning asosini tashkil qilib, hujayra suyuqligida esa irsiy belgilarni ko`chiruvchi RNKlarni uchratish mumkin. Biologiya tarixida nuklein kislotalarning tadqiq qilinishi mazkur fanni tavsifiy sohadan eksperimental yo`nalishga aylantirishida benihoya katta xizmat qildi. Nuklein kislotalarni tuzilishi va vazifalarini aniqlashda katta xizmat qilgan Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan olimlardan D.J.Uotson, F.Krik va M.Uilkins, hujayra tashqarisida DNK sintezini aniqlagan A.Kornberg, S.Ochao va genetik kodni ochgan M.Nirenberg, R.Xoli va X.Koranalarni ko`rsatish mumkin. Informatsiya RNKni va oqsil sintezini ribosomada aniqlashda xizmat qilgan rus olimlaridan akademiklar A.N.Belozerskiy va A.S.Spirinlardir.




Yüklə 186,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin