Vizantiya va varvarlar davlati. IV asr oxirida german qabilalari Rim imperiyasi chegaralaridan o‘tib birin ketin xududlarni bosib oldilar. Bu davrda imperiya ichki tartibsizliklarga inqirozga yuz tutgan edi.
Ichki tartibsizliklar va inqiroz uzoq davom etgan g‘arbiy imperiya o‘zini xududlarini yo‘qotayotgan edi. Bu davrda Sharqiy imperiya varvarlarga qattiq qarshilik ko‘rsatayotgan edi. V asr boshlarida vestgotlar Bolqon podsholigini va Sharqiy Rim imperiyasini ag‘darib tashlab, ularni talon-taroj qildi. Ispaniyada janubiy va g‘arbiy Galliya podsholigi o‘rnatildi. Vandallar, svevlar, burgundlar, franklar birin ketin imperiya hududlarini egallaganlar.
IV-V asrlarda ko‘chmanchi xunlar uzoq Shimoliy Xitoy chegaralaridan kelib, Volga bo‘ylaridan tortib to Reyn daryosigacha bo‘lgan hududlarda o‘z hukmronliklarini o‘rnatganlar.