Вместе против коррупции



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix03.08.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#138502
1   2
Korrupsiya tushunchasining ma\'nosi va shakllanish tarixi

Korrupsiya 


Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan keyingi yillarda 
amalga oshirilgan tadqiqotlarda MDH davlatlari orasida Rossiya
Qozog‘iston, Gruziya, Ozarboyjon, Ukraina va Moldoviya davlatlarida 
korrupsiya darajasi yuqori ekanligi ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda bu davlatlar 
tomonidan korrupsiyaga qarshi qator chora-chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 
Jumladan, bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, uni oldini 
olishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatilar qabul qilingan. 
Misol uchun, Ukrainada «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun 
mavjud bo‘lib davlat boshlig‘i mazkur qonun normalarini hayotga joriy 
etilishi uchun jiddiy ahamiyat beradi. Ukraina Prezidenti 1997 yil 10 
apreldagi 319-sonli farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy dasturi 
tasdiqlangan. Ukrainaning «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 
Qonuni 9-moddasida mansabdor shaxslarning daromadlari, qimmatli 
qog‘ozlari, ko‘chmas mulk va boshqa qimmatbaho buyumlari, shuningdek 
bankdagi omonatlari to‘g‘risida rasmiy nashrlarda ma’lumotlar berib 
borilishi belgilangan.


Korrupsiyaga qarshi kurash borasida 
qator chora-tadbirlar 

Respublikamizda ham korrupsiyaga qarshi kurash borasida 
qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Iqtisodiy 
jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi 
faoliyat yuritayapti. 2001 yilda Bosh prokuratura huzurida 
Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tashkil 
etildi, 2002 yilda departament Soliq va valutaga oid 
jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti etib qayta tashkil 
etildi. “Qonun himoyasida” jurnalida berilgan ma’lumotga 
ko‘ra 2002 yilda Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi 
kurash boshqarmasi tomonidan jinoyat natijasida yetkazilgan 
zarar va to‘lanmagan soliq to‘lovlarining 1,007 mlrd. so‘mi 
hamda 31.221.680 AQSH dollari tergov davrida undirilgan
aybdor shaxlar esa sud hukmi bilan tegishli javobgarlik 
choralariga tortilgan.



Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, davlat boshqaruvi organlari va respublika 
ahamiyatidagi yirik kompaniyalar rahbariyati tomonidan respublikamiz 
manfaatlariga zid bitimlar tuzish va boshqa korrupsiyaviy qilmishlar 
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan aniqlanib aybdor shaxslar 
javobgarlik choralariga tortilayotgan bo‘lsada, aksariyat korrupsiyaviy 
qilmishlar latentligicha qolmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra jami 
korrupsiyaviy qilmishlarning o‘rtacha 3-4% aniqlanadi. Aniqlangan 
korrupsiyaviy qilmishlarda aybdor shaxslarning esa ko‘pchiligi qilmishiga 
yarasha javobgarlikka tortilmaydi.



Korrupsiyaviy jinoyatchilikka qarshi sifatli va samarali 
kurashish uchun davlatning korrupsiyaviy 
jinoyatchilikni oldini olish borasida tizimlashgan 
chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Shu bilan birga 
mazkur chora-tadbirlarda korrupsiyaga qarshi 
fuqarolik jamiyati instiututlari bilan keng hamkorlik 
qilinishi nazarda tutilishi shart bo‘ladi.


Davlatning korrupsiyaga qarshi kurash 
dasturida quyidagilar: 

davlat xizmati sifatini ko‘tarish uning ishlash 
prinsiplarini qayta ko‘rib chiqish: mansabdorlik 
maqomini —huquq va majburiyatlarini aniq belgilab 
qo‘yish; tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi 
taqiqlangan mansabdor shaxslar ro‘yxatini qat’iy 
belgilab qo‘yish; davlat xizmatchilarining mulkiy 
holatini deklaratsiya qilib borishning samarali va 
qat’iy mexanizmini o‘rnatish; davlat xizmatidan 
ishdan bo‘shatilgandan so‘ng tadbirkorlik 
tuzilmalariga ishga o‘tishga cheklovlar joriy etish; 


Davlatning korrupsiyaga qarshi kurash 
dasturida quyidagilar: 

korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini 
mustahkamlash: korrupsiyaviy qilmishlar sanalgan 
jinoyatlarga belgilangan jazolarni qayta ko‘rib 
chiqish, ularga amnistiya qo‘llanilishini istisno etish; 
Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida, Jinoiy va 
yashirin pul mablag‘lari qonuniylashtirishini odini 
olish to‘g‘risida qonunlarni qabul qilish zaruriyati; 

huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning 
korrupsiyaga qarshi kurash faoliyatini 
takomillashtirish, ularning funksiyalarini bir-birini 
takrorlamasligi nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqish, 
shuningdek; 



Bugungi kunda ijtimoiy ongda mamlakatda korrupsiyaga qarshi jiddiy 
kurash olib bormay turib jamiyat va davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga, 
islohotlarning muvaffaqiyat bilan yakun topishiga erishish mumkin 
emasligi to‘g‘risida fikr qaror topgan. Darvoqe, davlat va xalq o‘rtasidagi 
ishonch deb atalmish uzvning ham mustahkam bo‘lishi davlat 
xizmatchilarining o‘zini nechog‘lik korrupsiyadan tiyilganligiga bog‘liq. 
Korrupsiya to‘g‘risida ko‘p va muhim bo‘lgan ma’lumotlarni yozish 
mumkin. Biroq ularni mazmunan hozirgi paytda xorijiy va xalqaro 
tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi 
dasturlar va loyihalarda takrorlanib turadigan “Korrupsiya barq urgan 
jamiyatda ozodlik uzoq vaqt hukm surishi mumkin emas” degan jumla 
bilan ifodalash mumkin.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin