Vobkent tuman “Barkamol avlod ” bolalar maktabining 2022- yili davomidagi faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi



Yüklə 58,24 Mb.
səhifə10/12
tarix13.09.2023
ölçüsü58,24 Mb.
#143161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Sh.Salimov HISBOT YILLIIK 2022

kengash o’tkazish.
1992 yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 30 yil to‘ldi.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta'kidlangan.
Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam. 
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraganda, «Serquyosh» so‘zi jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz. Chunki unda yurtimiz tarovati, buyuk kelajak barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xalqimizning orzu-intilishlari, O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e'tibori, hech kimdan kam bo‘lmay, kelajakka qat'iy ishonch bilan intilayotgan yoshlarimizning azmu shijoati aks etgan.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning ma'naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Inson vujudidagi salomatlik yetmish ikki tomirdagi qon aylanishining mo‘'tadilligi bilan baholansa, uning jamiyatdagi obro‘-e'tibori, odamiylik qiyofasi yana ikki mezonda chamalanadi — Iymon va Vijdon. Zero, iymoni pok odam ezgulikka moyil bo‘ladi.
U har doim yon-atrofdagi kishilarga, demakki, yurtiga, Vataniga xizmat qilishni o‘zining insoniylik burchi deb biladi.Vijdon uyg‘oqligi esa kishini sergaklikka, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtiga oid har qanday jarayonga daxldorlik hissini tarbiyalaydi.Bu xislatlar vatanparvarlikdan dalolatdir.


Buxoro viloyati Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil qilingan “Konstitutsiyamiz-qomusimiz” nomli tadbir
Ma’lumotnomasi
Buxoro viloyati Vobkent tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining tarmoq tògaraklardagi a'zolari ishtirokida bugun Ózbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi"nomli tadbir bòlib òtdi. Tuman Madaniyat markazida tashkil qilingan tadbirda maktabning Floristika tògaragi a'zolari faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda óquvchilar tomonidan Konstitutsiyamiz moddalaridan namunalar aytilib, yurtimizning tinchligini math etuvchi qòshiqlar ijro etildi.Davlatimizning ravnaq topishida yangi Ózbekistonning kamol topishida qonunlarimizning ahamiyati beqiyosdir.Òquvchi yoshlar ongida davlat qonunlarini singdirish, qalblarida vatan muhabbatini òt oldirish maqsadida tashkil qilingan siyosiy tadbirimiz yuqori saviyada bólib ótdi.




Yüklə 58,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin